O‘zbekistonda metan gaz quyish shoxobchalarini (AGTKSH) tashkil etish tartibi qat’iy me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi. "Davlat ekologik ekspertizasi markazi" davlat muassasasining Toshkent viloyati filiali bosh eksperti Zuhriddin Ismoilov shu yuzasidan ma’lumot berdi.

Metan gaz quyish shoxobchasi faoliyatini tashkil etishda "Davlat ekologik ekspertizasi markazi" davlat muassasasining xulosasini olish uchun buyurtmachilar tomonidan rioya qilinishi zarur bo‘lgan bir qancha ekologik-huquqiy normalar mavjud.  

Xususan, korxona faoliyati davomida yuzaga keladigan barcha chiqindilarni to‘plash, tashish, qayta ishlash yoki zararsizlantirish bo‘yicha to‘liq tizim yaratilishi lozim.

Metan gaz quyish shoxobchalari faoliyatini yo‘lga qo‘yishda ekologik xavfsizlikka oid quyidagi talablar qat’iy bajarilishi shart: xavflilik darajasi I, II va III sinfga mansub bo‘lgan chiqindilarni qattiq maishiy chiqindilar vaqtincha to‘planadigan maydonchada saqlash, yomg‘ir suvlarini neft ushlovchi tozalash inshootida zararsizlantirmasdan ochiq suv havzalariga tashlash, shuningdek, gaz quvurlari va uskunalari shikastlanishi natijasida atmosfera havosiga uzluksiz gaz sizib chiqishiga yo‘l qo‘yish qat’iyan man etiladi.  

Zuhriddin Ismoilov suhbat davomida shu va boshqa tartib va talablar bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi.

<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/k5Nsr7nLyJo?si=69PPZDsra3keEEqK" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Metan zapravka"larni tashkil etish tartibi va talablari qanday? (+video)