Metall mahsulotlariga ehtiyoj qaysi quvvatlar hisobidan qoplanadi?
Prezident Shavkat Mirziyoyev qora metallurgiya sanoatini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
So‘nggi o‘n yilda mamlakatimizda po‘lat list, navli prokat, quvurlar va metall konstruksiyalarga ehtiyoj 3 karra ortib, 5,5 million tonnaga yetdi.
Yangi qurilayotgan atom elektr stansiyasi, To‘rtinchi mis boyitish fabrikasi va yangi mis eritish zavodining o‘ziga 2,5 million tonnaga yaqin po‘lat list va armatura kerak bo‘ladi.
Kelgusi besh yilda 180 milliard dollarlik yangi quvvatlar ishga tushiriladi, 27 milliard dollarlik infratuzilma loyihalari amalga oshirilib, 800 ming xonadonli ko‘p qavatli uy-joylar barpo etiladi.
Natijada metall mahsulotlariga yillik ehtiyoj 2030-yilgacha 1,5 barobar ko‘payib, 8 million tonnadan ortadi.
Davlatimiz rahbari mutasaddilarga ushbu ehtiyoj qaysi quvvatlar hisobidan ta’minlanishi yuzasidan aniq hisob-kitoblar bo‘lishi zarurligini ko‘rsatib o‘tdi.
O‘zA