Messi terma jamoadagi faoliyatiga yakun yasadi
Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi milliy jamoadagi faoliyatini rasman yakunlaganini ma’lum qildi. 39 yoshli hujumchi bu to‘xtamga 21-iyul kuni turnir finalidan ikki kun o‘tib kelgani, yakuniy qarorni e’lon qilishdan oldin atroflicha mulohaza yuritganini bildirdi.
Futbolchi ta’kidlashicha, bu qarorni qabul qilish juda og‘ir kechgani, ammo aynan hozir ayni ketish vaqti ekanini anglab yetgan. U har doim maydonda borini berib o‘ynagani, argentinalik muxlislarga quvonch ulashishga harakat qilganini aytib o‘tdi. Futbolchi yillar davomida o‘ziga ko‘rsatilgan cheksiz mehr va qo‘llab-quvvatlov uchun jamoadoshlari, murabbiylar, terma jamoa rahbariyati hamda barcha ishqibozlarga chuqur minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, Leo otasi Xorxe Messi bilan bog‘liq so‘nggi voqeadan so‘ng terma jamoadan ketish qarori yanada qat’iylashganini qo‘shimcha qildi. Milliy jamoaga bor kuchi va imkoniyatini bag‘ishlab bo‘lgani, hozir jamoada o‘rnini egallashga loyiq iqtidorli yoshlar avlodi yetishib chiqqanini ta’kidladi. Endilikda afsonaviy futbolchi o‘z vatani terma jamoasini oddiy muxlis sifatida qo‘llab-quvvatlashini bildirib, argentinalik bo‘lib tug‘ilganidan faxrlanishini aytib o‘tdi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA