Messi Jahon chempionatida ishtirok etish bo'yicha hali bir qarorga kelmagan
Jahon chempionati boshlanishiga bor-yo‘g‘i 2 oy vaqt qoldi. Bo‘lajak mundialda Argentina terma jamoasi o'z chempionlik unvonini himoya qiladi.
El Chiringuito ko‘rsatuvida Lionel Messining jahon chempionatidagi ishtiroki so‘roq ostida ekanligi haqida ma’lumot berildi. Argentinada Messining mundialga borishi kafolatlanmagan degan qarash mavjud.
Avvalroq matbuotda Messi faqat jismoniy jihatdan 100 foiz tayyor bo‘lgan taqdirdagina jahon chempionatida ishtirok etishi haqida yozilgan edi.
JCh-2026 ning guruh bosqichida Argentina terma jamoasi Jazoir, Avstriya va Iordaniya termalariga qarshi bahs olib boradi.
Ma’lumot uchun, Lionel Messi klub miqyosida «Inter Mayami» sharafini himoya qilmoqda.