Merganlik mahorati sinovi
Namanganda yozgi Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan o‘q otish sporti bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
Namanganda yozgi Olimpiada va Paralimpiya o‘yinlari dasturiga kiritilgan o‘q otish sporti bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqalari bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston mudofaasiga ko‘maklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti Namangan viloyat kengashi tomonidan vatanparvarlik oyligi doirasida tashkil etilgan musobaqada 160 dan ziyod sportchi, jumladan, 80 ga yaqin sportchi qiz havo qurolidan o‘q otishda merganlik mahoratini sinovdan o‘tkazdi.
Musobaqa natijalariga ko‘ra, umumjamoa hisobida 1-o‘rinni Namangan shahar o‘quv sport texnika klubi, 2-o‘rinni viloyat texnik va amaliy sport turlari markazi, 3-o‘rinni Uychi tumani o‘quv sport texnika klubi jamoasi egalladi.
G‘oliblar faxriy yorliqlar, esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.