Merganlarimiz jahon çempionatida şohsupaga kötarildi
Ayni kunlarda Qatar davlatining poytaxti Doha şahrida ötkazilayotgan öq otiş sporti böyiça jahon çempionatida Özbekiston terma jamoasi aʼzolari ajoyib natijaga erişişdi.
Quvonarlisi şundaki, nufuzli musobaqaning erkaklar örtasida 10 metr masofadan pnevmatik töpponçadan otiş böyiça jamoaviy bahslarda Vladimir Sveçnikov, Sodiqjon Abdullayev va Muhammad Kamolovlar Vatanimiz şarafini munosib himoya qilişdi.
Hamyurtlarimiz hal qiluvçi bosqiçda 1 ming 738 oçko jamğarib, bronza medalini qölga kiritişdi. Eʼtiborlisi, uşbu medal özbekistonlik merganlar uçun jahon çempionatlari tarixidagi birinçi sovrin hisoblanadi. Mazkur salmoqli muvaffaqiyatga Özbekiston mudofaasiga kömaklaşuvçi “Vatanparvar” taşkiloti Namangan viloyati kengaşi qoşidagi öquv sport texnika markazi tarbiyalanuvçilari, xalqaro toifdagi sport ustalari Sodiqjon Abdullayev va Muhammad Kamolovlar ham munosib hissa qöşganligini alohida qayd etiş joiz.
Bunday tarixiy natija nafaqat Namangan viloyati, balki butun mamlakatimiz sporti uçun ulkan quvonç va ğurur-iftixor bağişlaydi.
Oqilxon Dadaboyev, ÖzA muxbiri