Navoiy shahridagi “Ma’naviyat va ma’rifat” markazida “Mental Kids” ko‘rik tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 30 sentyabrdagi “Xalq ta’limi tizimidagi maktabdan tashqari ta’lim samaradorligini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

9-10 yoshli iqtidorli yoshlar o‘z bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazgan bellashuvda 1-o‘rinni Toshkent viloyati vakili Oleg Selevanov, 2-o‘rinni Namangan viloyati vakili Asilbek Abdujalilov va 3-o‘rinni Navoiy viloyati vakili Munisa Jo‘raqulova egalladi.  

Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlar Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabining diplom hamda qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.

A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mental Kids” – respublika bellashuvi Navoiyda