“Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovi
Buxoroda Xalq ta’limi vazirligi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Mening Prezidentim» ijodiy ishlar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovning birinchi bosqichi joriy yilning 24 noyabrdan 3 dekabriga qadar viloyatdagi 524 ta maktabda tashkil etildi. Unda 18 ming 248 nafar o‘quvchi qatnashdi. Ishtirokchilar “Yangi O‘zbekiston meni nigohimda” mavzusida esse yozdi. Eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan 524 nafar o‘quvchilar tanlovning tuman, shahar bosqichida ishtirok etdi.
Ikkinchi bosqich 6-13 dekabr kunlari o‘tkazilib, g‘olib o‘quvchilar «Yangi O‘zbekiston – yangi imkoniyatlar» mavzusida insho yozdi. Eng yuqori ballarni qo‘lga kiritgan 13 nafar o‘quvchilar tanlovning viloyat bosqichida ishtirok etdi.

Tanlovning viloyat bosqichi Buxoro shahridagi 30-umumta’lim maktabida o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar “Mening Prezidentim” mavzusida (Powyer Point dasturida) taqdimot tayyorladi va uni 15 daqiqa davomida ishchi guruhga taqdimot qilib berdi. Mazkur mavzuni yoritishda ishtirokchilardan Prezidentimizning mamlakatimiz taraqqiyotidagi faoliyatini ma’lum bir yo‘nalish yoki tarmoq misolida ochib berish talab etildi. Viloyat bosqichida g‘olib bo‘lgan 3 nafar o‘quvchi tanlovning mamlakat bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi.
Tanlovning viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilarning diplom va esdaliq sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Zarif Komilov, O‘zA