O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida “Mening mahallam” badiiy filmining premerasi bo‘lib o‘tdi.

Film Kinematografiya agentligi, O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamkorligida  “O‘zbekfilm” kinokonserni tomonidan suratga olingan bo‘lib, unda “mahalla yettiligi” — mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim va soliqchi faoliyati, ular orqali mahalla hayotidagi dolzarb masalalar yoritib berilgan.

Filmda mahallaning hamyurtlarimiz hayotidagi o‘rni va ahamiyati, do‘stlik, mehr-oqibat, jasorat, fidoyilik, vatanparvarlik kabi yuksak insoniy qadriyatlar juda samimiy tarzda tasvirlangan.

Darhaqiqat, inson taqdiri, uning butun hayoti, yaxshi va sinovli kunlari mahalla bilan bevosita bog‘liqdir.  

Premerada mamlakatimizning turli hududidan tashrif buyurgan ming nafardan ortiq tomoshabin, jumladan, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, san’atkorlar, ijodkorlar, yoshlar, keng jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

E’tiborga molik jihati,  mazkur film taqdimoti nafaqat O‘zbekiston Milliy kino san’ati saroyida, balki respublikamizning barcha viloyatlarida ham bir vaqtning o‘zida 10 mingdan ortiq tomoshabinlarga taqdim etildi.

Tadbirda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi raisi Qahramon Quronboyev, Kinematografiya agentligi direktori Shuhrat  Rizayev,  Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Otabek Hasanov jamiyat hayotida, mamlakatimizda kechayotgan yangilanish jarayonlarida, odamlar muammolarini hal etishda mahallaning o‘rni tobora ortib borayotgani, mazkur film esa ezgu milliy qadriyatlarimiz, an’analarimizning targ‘ibotida alohida ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.  

Film ssenariy muallifi – Xurshid Do‘stmuhammad, rejissyor – Abduxalil Mignarov,  postanovkachi operator – Muzaffar Yusupov. Postanovkachi rassom – Muhammadali  Rahimov. Kartina direktori – Farhod Usmonov.  

Filmda real hayotdan olingan lavhalar, ijtimoiy masalalarning yechimi va insoniylik ruhining ustuvorligi muhim o‘rin tutgani ahamiyatga molik.  

Kartinada asosiy rollarni Dilorom Karimova, Farhod Abdullayev, Shohruh Hamdamov, Lola Eltoyeva, Tolib Mo‘minov, Mo‘min Ibrohimov kabi aktyorlar ijro etgan. 

Shuningdek, Kinematografiya agentligi tomonidan O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi hamda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga filmning maxsus nusxasi esdalik sovg‘a sifatida berildi.

Taqdimot davomida mahalla faoliyatini targ‘ib etish, milliy qadriyatlarimizni san’at orqali yoritish borasida faollik ko‘rsatayotan bir guruh ijodkorlarga  “Mahalla iftixori” ko‘krak nishoni topshirildi.  

Yangi kartinaning premerasi yuksak ruhda o‘tdi va tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

N.Usmonova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mening mahallam” filmining taqdimoti o‘tkazildi