“...Mening dadam to‘rt qiz va ikki kelinini o‘qitgan. Shunday paytlar bo‘lganki, hatto oyog‘iga eng arzon shippak ham olishga puli qolmagan.”

“....Mening dadam har doim qo‘ng‘iroq qilganida “Ona qizim, o‘syapsanmi yoki haliyam bir joyda qotib turibsanmi, deya savol beradi. Shunday paytlarda o‘z ustimda izlanmaganimdan uyalib ketaman.”

“...Men og‘ir betob bo‘lib qolganimda dadam eng ko‘p qon bergan...”

Bu misralarning qahramonlari sizu bizning oramizda yashayotgan insonlardir.  Ijtimoiy tarmoq orqali o‘tkazgan so‘rovnomamizda ayrim muxlislarimiz otalari haqidagi  ushbu fikrlarni qoldirishgan.

Ota nafaqat oilasidagi balki dunyodagi barcha muammolarni yaxshiligu yomonliklarni o‘z yelkasida ko‘taradigan inson. U farzandlari uchun ulkan tog‘, ayoli uchun esa himoya qo‘rg‘onidir.

Barchamizning bugun jamiyatda qanday mavqega ega ekanimiz ko‘p jihatdan otamizdan olgan tarbiyamizga, ibratimizga bog‘liqdir. Anglaganingizdek, bugungi maqolamiz qahramonlari otalardir.

Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumani xalq ta’limi va tuman ma’naviyat bo‘limi hamkorlikda maktablarda “Otalar kuni” doirasida tadbirlar tashkil etishdi. “Oilada farzand tarbiyasida otaning o‘rni” mavzusida o‘tkazilgan insholar tanlovi g‘oliblarining otalariga tashakkurnomalar topshirildi.

– Maktabimizda 900 nafardan ziyod o‘quvchilar tahsil oladi, – deydi tumandagi 3-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi  Gulzoda Tosheva. – Tanlov 8, 9, 10, 11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.

Insholarni o‘qir ekanman, bir-biridan qiziq va samimiy yozilgan jumlalarga duch keldim.

“...Mening dadam sehrgarga o‘xshaydi, uning sehrli tayoqchasi bor bo‘lsa kerak, deb o‘ylab qolaman ba’zida. Chunki dadam bizni yaxshi yashashimiz uchun barcha imkoniyatlarni yaratib beradi.”

“...Bu yil ikkinchi opam ham shartnoma asosida o‘qishga kirdi. Katta opam ham shartnoma asosida o‘qiydi. Kenja opam shartnoma pulini to‘lashga qiynalasiz, bu yil tayyorlanib, keyingi yil grant asosida o‘qishga kiraman, deb rad etsalar ham dadam qiynalsam ham o‘qitaman, deb ko‘nmadi. Ikki opamni o‘qitish uchun oila byudjetidagi harajatlarni qisqartirdik.”

“...Dadam bizga qattiq gapirmaydi, biror xato qilsak urushmaydi, ammo shunday nigoh bilan qaraydiki, nima demoqchi bo‘lganini ko‘zlaridan bilib olamiz...”

Bu o‘quvchilarim yozgan insholardan ayrim misollar. Men otalar mavzusida yozilgan insholarni eng chiroyli insholar, deb baholagan bo‘lar edim.

Ba’zida ayrim otalarning oiladagi roli pasayib ketgani, o‘z mas’uliyatini his qilmayotgani, ichkilikka mukkasidan ketgan otalar haqida eshitib qolamiz. Ammo bir narsani unutmaylik! Ota qanday kamchiliklarga ega bo‘lmasin, o‘g‘il-qizlari uchun hamisha ideal qiyofada gavdalanaveradi. O‘g‘il biror muammoga duch kelganida, eng avvalo ortimda otam bor deb, o‘zini yupatadi. Qiz bolaning ko‘ngli o‘ksiganida otasidan yupanch, dalda kutadi.

Ha, farzandlar eng avvalo otasiga suyanadilar va ishonadilar. Ular otasi haqidagi yomon fikrlarga ishonishmaydi. “Mening dadam, hammadan yaxshi”, degan fikr ularning qalbiga xotirjamlik baxsh etadi. Farzandlarimiz uchun hamisha hammadan yaxshi inson bo‘lib qolaylik.

<iframe width="1280" height="720" src="https://www.youtube.com/embed/TktQGIYlTwI" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mening dadam hammadan yaxshi” (+video)