O‘zbek milliy adabiyoti taraqqiyotini bir qadar iste’dodli adiba va shoiralarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bular orasida ona shoira Zulfiyadan tortib, Halima Xudoyberdiyeva, Oydin Hojiyevalar ijodi o‘zga bir olam. Gulchehra Nurullayeva ham ana shu zabardast bir she’riy guldastaga fayz kiritib turganlardan edi.

Gulchehra Nurullayeva 1938 yilda Toshkent viloyatining Choshtepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent universitetining jurnalistika bo‘limida tahsil olgan (1956-1964). «O‘zbekiston xotin-qizlari» (hozirgi «Saodat», 1961-1967) jurnalida ishlagan. 1967-1969 yillarda Moskvadagi ikki yillik oliy adabiyot kursida o‘qigan.

Uning ijodi 60 yillardan boshlangan bo‘lib, birinchi she’riy to‘plami «Quyosh tabassumi» (1965) nomi bilan chop etilgan. Shu kungacha o‘ndan ortiq to‘plamlari e’lon qilingan.

Shoiraning «Orzularim qoqadi qanot» (1969), «Tashnaman» (1972), «Ikkinchi bahor» (1973), «Lirika» (1975), «Bag‘ishlov» (1977), «Paxta hidi» (1981), «Nurli nuqtalar» (1986), «Muhabbatning suvrati» (1988) kitoblari chop etilgan.

Gulchehra Nurullayeva 2021 yil 16 yanvar kuni Toshkent shahrida vafot etdi.

Shoiraning qalbini uning ijodi orqali teran anglash mumkin.

 

XALQIMGA

 

Ko‘zingda ko‘rsam-u mungdan bir zarra,

Baxting to‘kis, deya solar bo‘lsam jar,

Kechirma, kechirma, kechirma sira,

Yaray olmas bo‘lsam koringga agar.

 

Ulush bo‘lolmasam muhabbatingga,

Nafrating nafrat deb etmasam talqin,

Mehringni darig‘ tut, ko‘m nafratingga,

Meni ro‘yxatingdan o‘chirgil, xalqim!

 

Sen dala bag‘rida kuymalangan jon,

Halovat neligin unutgan yurak.

Yil sayin ortadi uyganing xirmon,

Ortar bo‘lishlaring bedor, jonhalak.

 

Men shu bedorlikdan bo‘lmasam bedor,

Quyosh ushlarkansan, izlasam salqin,

Bekor, bekor, menga insonlik bexor,

Meni ro‘yxatingdan o‘chirgil, xalqim!

 

So‘zingni aytmasa, bordir ne ma’no

Men uchun mo‘’tabar, suyuk qalamdan?!

O‘zing bergan eding, aylay qol judo,

Senga u agarda boqsa balanddan.

 

Davr ko‘tarolmas avji pastlikni.

Davr yuraklardan so‘raydi yolqin.

Bayrog‘im bilmasam haqni, rostlikni,

Meni ro‘yxatingdan o‘chirgil, xalqim!

 

Sarin shabadasi yuzga teguvchi

Nurafshon manzillar o‘ziga chorlar.

Ro‘yxatlarda bo‘lsin «yurtim» deguvchi,

Ro‘yxatlarda bo‘lsin nomusi borlar.

1982

 

QODIRIYNING SO‘NGGI XAYOLLARI

 

Mashrab kim?

Biz uchun besh qo‘lday ayon:

Insof, adolat deb yurgan darbadar.

Uni ostirarkan akobir-ayon.

Osiy, devona, deb tarqatdi xabar.

 

Ulug‘bek — o‘zbekning ko‘ksidagi tor.

Ko‘k unga, u ko‘kka baxshida, ehson.

Lekin ul dahoning boshin olar chog‘

Qo‘ydilar ming bir ayb, ming bitta nuqson.

 

Otildi ne-ne tosh — turfa malomat

Davriga sig‘magan buyuk zotlarga.

Bu — qay nadomatu, bu — qay adolat:

Avlodlar ko‘mishdi iltifotlarga.

 

Sira xor bo‘lmagay fidoyi taqdir.

Buyuk baxshidalik qolmagay yerda.

Kechaning xatosi — bugunda tahrir,

Bugunning yolg‘onin fosh etar erta.

 

Mamnunman, oldindan ko‘rib o‘rtada

Qora — qoraligin, oqning oqligin.

Lekin alam qilar o‘shal ertada

Mening bo‘lmasligim, mening yo‘qligim…

1982

* * *

Bir pas xayollarga bog‘lanib turdim,

Turfa savollarga bog‘lanib turdim,

Ne bo‘lar, o‘zing ayt, onajon yurtim,

Shoir rost so‘zini aytmasdan qo‘ysa?!

 

Bag‘ringni yog‘iylar to‘ldirmasmikin?

Mehmon mezbonini o‘ldirmasmikin?

Yolg‘on yurt to‘rida o‘ltirmasmikin? —

Shoir rost so‘zini aytmasdan qo‘ysa…

 

Erkin fikrlarni sirish ortarku,

Silliq ruxsorlarda tirish ortarku,

Iymon-e’tiqodda chirish ortarku,

Shoir rost so‘zini aytmasdan qo‘ysa…

 

Odam odamligin qo‘ygay unutib,

Loyqa talotumni bo‘lmas tinitib,

Sovrilmog‘i tayin, charxi dun yitib,

Shoir rost so‘zini aytmasdan qo‘ysa…

 

Minbar, kitoblardan qiling quvg‘indi,

Uvol erur unga hatto yuvindi,

Mayli, g‘urbatlarga bo‘lsin sig‘indi,

Shoir rost so‘zini aytmasdan qo‘ysa…

 

G‘urbat ham jirkanib, atasin «xoin»,

Undan darig‘ tutsin bir parcha joyin,

Umrlik qismati shu bo‘lsin doim,

Shoir rost so‘zini aytmasdan qo‘ysa…

 

Yashnoq ko‘ray, deyman, yurtim atlasin,

Har jilosi uning rost she’r yodlasin,

Portlay qolsin zamin, osmon portlasin,

Inson rost so‘zini aytmasdan qo‘ysa…

1987

TO‘RTLIKLAR

* * *

Hayot yashash ilmin mendan yashirdi,

Hamdamlar top, deya shoshdi-shoshirdi.

Topdim… Boshga qo‘ydim… Ko‘plarin pastlik,

Ajab, o‘z-o‘zidan yerga tushirdi…

1987

* * *

Duch kelgan har kimdan do‘st-yor izladim,

Har kun, har soniya bisyor izladim.

Bu — menga taqdirning nechog‘ hazili:

Demagan edimku: «Ag‘yor izladim…”

1987

* * *

Yaxshilar, yaxshiyam borsiz hayotda,

Yuragim soati bilaman sizni.

Hovliqsam, to‘xtasam yo qolsam ortda,

Tinglashga tushaman zarblaringizni…

1987

 

* * *

 

Do‘lvorginam, tentakcham — poklik,

Har kimsadan izlaysan oqlik.

Men qo‘rqaman: shu atvor bois

Tushmasa, deb, boshga g‘amnoklik.

 

1987

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mening bo‘lmasligim, mening yo‘qligim…

O‘zbek milliy adabiyoti taraqqiyotini bir qadar iste’dodli adiba va shoiralarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Bular orasida ona shoira Zulfiyadan tortib, Halima Xudoyberdiyeva, Oydin Hojiyevalar ijodi o‘zga bir olam. Gulchehra Nurullayeva ham ana shu zabardast bir she’riy guldastaga fayz kiritib turganlardan edi.

Gulchehra Nurullayeva 1938 yilda Toshkent viloyatining Choshtepa qishlog‘ida tug‘ilgan. Toshkent universitetining jurnalistika bo‘limida tahsil olgan (1956-1964). «O‘zbekiston xotin-qizlari» (hozirgi «Saodat», 1961-1967) jurnalida ishlagan. 1967-1969 yillarda Moskvadagi ikki yillik oliy adabiyot kursida o‘qigan.

Uning ijodi 60 yillardan boshlangan bo‘lib, birinchi she’riy to‘plami «Quyosh tabassumi» (1965) nomi bilan chop etilgan. Shu kungacha o‘ndan ortiq to‘plamlari e’lon qilingan.

Shoiraning «Orzularim qoqadi qanot» (1969), «Tashnaman» (1972), «Ikkinchi bahor» (1973), «Lirika» (1975), «Bag‘ishlov» (1977), «Paxta hidi» (1981), «Nurli nuqtalar» (1986), «Muhabbatning suvrati» (1988) kitoblari chop etilgan.

Gulchehra Nurullayeva 2021 yil 16 yanvar kuni Toshkent shahrida vafot etdi.

Shoiraning qalbini uning ijodi orqali teran anglash mumkin.

 

XALQIMGA

 

Ko‘zingda ko‘rsam-u mungdan bir zarra,

Baxting to‘kis, deya solar bo‘lsam jar,

Kechirma, kechirma, kechirma sira,

Yaray olmas bo‘lsam koringga agar.

 

Ulush bo‘lolmasam muhabbatingga,

Nafrating nafrat deb etmasam talqin,

Mehringni darig‘ tut, ko‘m nafratingga,

Meni ro‘yxatingdan o‘chirgil, xalqim!

 

Sen dala bag‘rida kuymalangan jon,

Halovat neligin unutgan yurak.

Yil sayin ortadi uyganing xirmon,

Ortar bo‘lishlaring bedor, jonhalak.

 

Men shu bedorlikdan bo‘lmasam bedor,

Quyosh ushlarkansan, izlasam salqin,

Bekor, bekor, menga insonlik bexor,

Meni ro‘yxatingdan o‘chirgil, xalqim!

 

So‘zingni aytmasa, bordir ne ma’no

Men uchun mo‘’tabar, suyuk qalamdan?!

O‘zing bergan eding, aylay qol judo,

Senga u agarda boqsa balanddan.

 

Davr ko‘tarolmas avji pastlikni.

Davr yuraklardan so‘raydi yolqin.

Bayrog‘im bilmasam haqni, rostlikni,

Meni ro‘yxatingdan o‘chirgil, xalqim!

 

Sarin shabadasi yuzga teguvchi

Nurafshon manzillar o‘ziga chorlar.

Ro‘yxatlarda bo‘lsin «yurtim» deguvchi,

Ro‘yxatlarda bo‘lsin nomusi borlar.

1982

 

QODIRIYNING SO‘NGGI XAYOLLARI

 

Mashrab kim?

Biz uchun besh qo‘lday ayon:

Insof, adolat deb yurgan darbadar.

Uni ostirarkan akobir-ayon.

Osiy, devona, deb tarqatdi xabar.

 

Ulug‘bek — o‘zbekning ko‘ksidagi tor.

Ko‘k unga, u ko‘kka baxshida, ehson.

Lekin ul dahoning boshin olar chog‘

Qo‘ydilar ming bir ayb, ming bitta nuqson.

 

Otildi ne-ne tosh — turfa malomat

Davriga sig‘magan buyuk zotlarga.

Bu — qay nadomatu, bu — qay adolat:

Avlodlar ko‘mishdi iltifotlarga.

 

Sira xor bo‘lmagay fidoyi taqdir.

Buyuk baxshidalik qolmagay yerda.

Kechaning xatosi — bugunda tahrir,

Bugunning yolg‘onin fosh etar erta.

 

Mamnunman, oldindan ko‘rib o‘rtada

Qora — qoraligin, oqning oqligin.

Lekin alam qilar o‘shal ertada

Mening bo‘lmasligim, mening yo‘qligim…

1982

* * *

Bir pas xayollarga bog‘lanib turdim,

Turfa savollarga bog‘lanib turdim,

Ne bo‘lar, o‘zing ayt, onajon yurtim,

Shoir rost so‘zini aytmasdan qo‘ysa?!

 

Bag‘ringni yog‘iylar to‘ldirmasmikin?

Mehmon mezbonini o‘ldirmasmikin?

Yolg‘on yurt to‘rida o‘ltirmasmikin? —

Shoir rost so‘zini aytmasdan qo‘ysa…

 

Erkin fikrlarni sirish ortarku,

Silliq ruxsorlarda tirish ortarku,

Iymon-e’tiqodda chirish ortarku,

Shoir rost so‘zini aytmasdan qo‘ysa…

 

Odam odamligin qo‘ygay unutib,

Loyqa talotumni bo‘lmas tinitib,

Sovrilmog‘i tayin, charxi dun yitib,

Shoir rost so‘zini aytmasdan qo‘ysa…

 

Minbar, kitoblardan qiling quvg‘indi,

Uvol erur unga hatto yuvindi,

Mayli, g‘urbatlarga bo‘lsin sig‘indi,

Shoir rost so‘zini aytmasdan qo‘ysa…

 

G‘urbat ham jirkanib, atasin «xoin»,

Undan darig‘ tutsin bir parcha joyin,

Umrlik qismati shu bo‘lsin doim,

Shoir rost so‘zini aytmasdan qo‘ysa…

 

Yashnoq ko‘ray, deyman, yurtim atlasin,

Har jilosi uning rost she’r yodlasin,

Portlay qolsin zamin, osmon portlasin,

Inson rost so‘zini aytmasdan qo‘ysa…

1987

TO‘RTLIKLAR

* * *

Hayot yashash ilmin mendan yashirdi,

Hamdamlar top, deya shoshdi-shoshirdi.

Topdim… Boshga qo‘ydim… Ko‘plarin pastlik,

Ajab, o‘z-o‘zidan yerga tushirdi…

1987

* * *

Duch kelgan har kimdan do‘st-yor izladim,

Har kun, har soniya bisyor izladim.

Bu — menga taqdirning nechog‘ hazili:

Demagan edimku: «Ag‘yor izladim…”

1987

* * *

Yaxshilar, yaxshiyam borsiz hayotda,

Yuragim soati bilaman sizni.

Hovliqsam, to‘xtasam yo qolsam ortda,

Tinglashga tushaman zarblaringizni…

1987

 

* * *

 

Do‘lvorginam, tentakcham — poklik,

Har kimsadan izlaysan oqlik.

Men qo‘rqaman: shu atvor bois

Tushmasa, deb, boshga g‘amnoklik.

 

1987