Mengliyev Faxriddin Valiyevichning yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusida
Mengliyev Faxriddin Valiyevichning “Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi sohasidagi faoliyatini takomillashtirish (Surxondaryo viloyati misolida)” mavzusidagi “12.00.14 – Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati” ixtisosligi doirasida yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlagan dissertatsiya ishining himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.31/30.12.2019. Yu.25.02 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 22 may kuni soat 14:30 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100197, O‘zbekiston Respublikasi Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Intizor ko‘chasi, 68-uy.
Tel.: + (99871) 265-22-52; Faks: +(99871) 265-17-53.
e-mail: info@akadmvd.uz