Yangi O‘zbekistonda yoshlarga e’tibor – davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu bejiz emas, chunki sog‘lom, bilimli, madaniyatli yoshlar mamlakat taraqqiyoti va kelajagini belgilab beruvchi hamda jamiyatda ijobiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda harakatlantiruvchi kuchdir.

Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘z iqtidor va iste’dodlarini namoyon qilishlari, o‘zlari tanlagan yo‘nalishlarda yuksak marralarni egallashlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Davlatimiz rahbarining har gal yoshlar bilan bo‘lib o‘tadigan uchrashuv va muloqotlari mamlakatimiz yigit-qizlariga ulkan motivatsiya berib, ularni yangi yutuq va muvaffaqiyatlarga undaydi.

Joriy yilning 14 fevral kuni videoselektor shaklida bo‘lib o‘tgan muloqot ham fikrimizning yaqqol isbotidir. Prezidentimiz so‘zining boshida bu uchrashuvdan mamnun ekanini ta’kidlab, yoshlarni xalqimizning oltin fondi, deb atagani barchamizni to‘lqinlantirib yubordi.

Ta’kidlanganidek, mamlakatimiz aholisining 60 foizini yoshlar tashkil etadi. Har yili mehnat bozoriga 600 mingdan ortiq yigit-qizlar kirib kelmoqda. 2030 yilga borib bu ko‘rsatkich 1 million nafarga yetadi.

Yoshlarning bandligini ta’minlash, intilishlariga sharoit yaratish davlatimizning ustuvor siyosatiga aylangan. O‘tgan 8 yilda yosh tadbirkorlar soni 3 karra ko‘payib, ular bugun biznes vakillarining salkam 40 foizini tashkil etmoqda.

Ishsiz yoshlar 2 karra kamaydi. Ishsizlikdan xoli mahallalar soni 1 ming 
889 taga yetdi. “Yoshlar daftari” orqali o‘tgan yili 180 ming nafar yoshlarga 345 milliard so‘mlik yordam ko‘rsatildi.

Jizzax viloyatida ham bu borada samarali ishlar amalga oshirilmoqda. Misol uchun, o‘tgan yili viloyatda 12 mingga yaqin ishsiz va bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlash maqsadida 2 ta yo‘nalish bo‘yicha “Yoshlar bandlik dasturi” ishlab chiqildi va jami 5 ming 400 nafar yigit-qiz ishga joylashtirildi. 

“Kelajak kasblari” loyihasi tashkil etilib loyiha doirasida 280 nafar yoshga o‘quv kurslari uchun 1 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ to‘lab berildi. Ehtiyojmand 4 ming 635 nafar yoshga imtiyozli ravishda 3 ming 174 gektar yer maydonlari ajratilgani ham alohida etiborga molik. 

Shuningdek, o‘tgan yili “Yoshlar daftari”ga kirgan 8 mingdan ortiq jizzaxlik yigit-qizlarga jamg‘armalar hisobidan 18 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ ajratildi. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida mahalla, umumta’lim maktablari, maxsus va oliy ta’lim o‘quvchi-talaba yoshlari o‘rtasida tanlov va sport musobaqalarida viloyat bo‘yicha 398 ming yosh ishtirok etganini ham alohida qayd etish joiz. 

Ko‘rsatilayotgan rag‘bat va e’tiborga javoban jizzaxlik yoshlar astoydil ishlab, izlanib, salohiyatini namoyish etmoqda. Tadbirkorlik sohasida, jumladan, Samandar Islomov, Shahboz Meliyev ishlab chiqarish yo‘nalishida (qandolat mahsulotlari va chanqovbosdi ichimliklar) o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yib, 100 ga yaqin yoshlar ish bilan ta’minlandi.

Yoshlar bilan o‘tgan uchrashuvda Prezidentimiz yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 3 ta muhim hujjat imzolaganini ma’lum qildi.

Birinchi hujjatga ko‘ra, Yoshlar agentligi huzurida jamg‘arma tuzilib unga 100 million dollar mablag‘ ajratildi. Endi tadbirkor yoshlarga 2 milliard 500 million so‘mgacha imtiyozli kreditlar beriladi, startap loyihalariga 2 milliard so‘mgacha investitsiya kiritiladi.

Ikkinchi qaror bilan, oliy o‘quv yurti bitiruvchilarining bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi. Buning uchun “Milliy bank”ka 100 million dollar yo‘naltirilib, ularning tashabbus va g‘oyalarini loyihaga aylantirish bo‘yicha bank xizmatlari joriy etiladi.

Shuningdek, bitiruvchilarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha hokimlar, bank va korxona rahbarlaridan iborat komissiya tuziladi.

Uchinchi hujjatga ko‘ra, “Aloqabank” yoshlarning biznes loyihalarini qo‘llab-quvvatlovchi tayanch bankka aylantirilib, unga 200 million dollar beriladi. “Aloqabank” o‘zini o‘zi band qilgan yoshlarning loyihalari uchun 100 million so‘mgacha 7 yil muddatga imtiyozli mikroqarz ajratadi.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkor bo‘lgan, kamida 20 nafar yoshni ishga olib, kichik korxona ochgan va o‘quv markazi tashkil qilgan yosh tadbirkorlarga 7 yil muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit beriladi. Bank kreditlarining kamida 30 foizi xotin-qizlar tadbirkorligi uchun yo‘naltiriladi.

Joriy yil salkam 5 million 200 ming aholini band qilish mo‘ljallangan. Bunda yoshlarning katta o‘rni borligini ham alohida ta’kidlash joiz.

Hududlarda kreativ industriya parklari barpo etish, chekka hududlarda chet tillariga ixtisoslashgan o‘quv markazlari ochgan malakali yoshlarlarga 120 million so‘mgacha foizsiz ssuda berilishi, energetika, transport, urbanizatsiya, zamonaviy arxitektura, tibbiyot yo‘nalishlarida “El-yurt umidi” jamg‘armasi kvotalari ko‘paytirilishi, bilimga chanqoq, lekin oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim – “Yorqin kelajak” loyihasining, harbiy bilim yurtlarining namunali tinglovchilari uchun “Oliy bosh qo‘mondon” davlat stipendiyasi joriy etilishi yoshlarga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning namunalari, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Yig‘ilishda yosh avlodda milliy ruhiyatni shakllantirish, g‘oyaviy xurujlar va zararli axborotlardan asrash masalalariga ham to‘xtalib o‘tildi. Tarbiyasi og‘ir bolalarga alohida mehr-e’tibor ko‘rsatish, hayotda o‘rnini topishiga ko‘maklashish zarurligi aytildi.

Vatanparvarlik hissini kuchaytirish maqsadida 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida boshlangan “Vatan tayanchi” harakati endilikda kasb-hunar maktabi, texnikum va xususiy ta’lim tashkilotlarida ham yo‘lga qo‘yilib, 1 million o‘quvchi qamrab olinadi. 

Ushbu videomuloqotda shaxsan ishtirok etish baxtiga muyassar bo‘lgan mamlakatimiz yoshlaridan biri sifatida ko‘nglimdan turfa tuyg‘ular kechib, shuurimdan turli fikrlar o‘tdi. Yangi O‘zbekiston farzandi ekanimdan faxrlandim. Shaxsan davlatimiz rahbarining g‘amxo‘rligiga javoban biz yoshlar uchun ham endilikda “Vatan bizga nima berdi, deb emas, balki men vatanimga nima berdim?”, deb mehnat qilish vaqti kelganini angladim.

Dilshod TURSUNBOEV,

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis 

Senatining yoshlar parlamenti a’zosi

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Men vatanimga nima berdim?, deb mehnat qilish vaqti keldi...