"Men vaksina oldim" aksiyasi boshlandi
Butun dunyo, xususan, mamlakatimizda bir yildan ortiq davom etayotgan pandemiya davri jamiyatimizga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatmay qolmayapti. Uch oydan oshiq davom etayotgan vaksinatsiya jarayonlari yurtimizda bu ta’sirni kamaytirishda asosiy omil bo‘lib turibdi. Shu sababli Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan "Men vaksina oldim" (#men_vaksina_oldim) aksiyasi boshlandi.
Bugun Sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari – Toshkent shahar Sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Alimov koronavirus infeksiyasiga qarshi ZF-UZ-VAC2001 vaksinasi bilan emlandi.

Shuningdek, aksiya doirasida Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori, professor Alisher Shodmonov va akademiya prorektori, professor Ma’ruf Karimovlar koronavirus infeksiyasiga qarshi emlandi.
"Men vaksina oldim" aksiyasiga O‘zbekiston davlat satira teatri san’atkorlari ham qo‘shildi.

Mohigul Qosimova, O‘zA