O‘zining ijodiy topilmalari — roman, qissa, hikoya va dramalari, shuningdek, jahon adabiyoti namunalaridan yuksak badiiy tarjimalari bilan XX asr o‘zbek adabiyotiga katta hissa qo‘shgan so‘z san’atkorlari bisyor.

Bir qator qissalari, “Opa-singillar”, “Tug‘ilish”, “Davr mening taqdirimda”, “Chinor” romanlari bilan adabiyotimizda o‘z o‘rnini egallagan O‘zbekiston xalq yozuvchisi Asqad Muxtor ana shunday ijodkorlaridan edi.

1920 yilning 23 dekabrida Farg‘ona shahrida temir yo‘l ishchisi oilasida tug‘ilgan Asqad Muxtor o‘n bir yoshida otasidan yetim qolib, bolalar uyida tarbiyalandi. Maktabni tugatgach, O‘rta Osiyo Davlat universitetida tahsil oldi. So‘ng Andijon pedagogika institutida o‘zbek adabiyoti kafedrasining mudiri bo‘lib xizmat qildi.

Asqad Muxtorning Toshkentga kelishi shaxsiy hayotida hamda ijodiy faoliyatida yangi sahifa ochdi. U respublikamiz markaziy gazeta-jurnallari — “Sharq yulduzi”da (1960-1965) bosh muharrir, O‘zbekiston Yozuvchilari uyushmasi kotibi (1957) singari mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritdi. “Guliston” jurnali hamda “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida bosh muharrirlik qildi.

Asqad Muxtor “Tilak”, “Tong edi”, “Totli damlar” singari ilk she’rlarida (1935-1938) she’riyatning maqsad va vazifasini, shoirning jamiyat oldidagi burchini aniqlab olishga intiladi. U she’riyatga “qalbga qanot”, “dardga davo” beruvchi deb qaradi. 

Shoir Ikkinchi jahon urushi boshlanishi bilan “G‘alaba ishonchi”, “Jangchining bayram kechasi”, “Tug‘ishganlar qaytdi”, “Sog‘inish”, singari qator she’riy asarlar yaratib, xalqni fashist bosqinchilarga qarshi kurashga undadi. Tinchlik yillarida yurtimiz tabiiy boyliklarini, xalq hayotidagi o‘zgarishlarni tasvirlovchi “Po‘lat quyuvchi” (1947), “Hamshaharlarim” (1949), “Rahmat, mehribonim” (1954), “Chin yurakdan” (1956) she’riy kitoblarini yozdi.

Yozuvchining “Daryolar tutashgan joyda” (1950), “Qoraqalpoq qissasi” (1958), “Buxoroning jin ko‘chalari” kabi qissalarida, “Opa-singillar” (1955), “Tug‘ilish” (1963), “Davr mening taqdirimda” (1964), “Chinor” (1973) “Amu” kabi romanlarida zamonning muhim muammolari o‘z ifodasini topdi. 

“Chin yurakdan” (1956) she’riy kitobi, “Hayotga chaqiriq” (1956), “Dunyo bolalari” (1962) hikoyalar to‘plami o‘zbek bolalar adabiyoti xazinasini boyitdi. Adibning “Mardlik cho‘qqisi” (1948), “Yaxshilikka yaxshilik” (1949), “Samandar” kabi pesalari tomoshabinlar va o‘quvchilar qalbidan chuqur joy oldi.

Asqad Muxtor XX asrning ikkinchi yarmida zamonaviy she’riyatga yangi ohanglar, yangicha ifoda va izhor tarzini joriy eta boshladi. Adabiyotda do‘stlik xususida qanchadan-qancha she’rlar, qasidalar, manzumalar bitilgan. 

Biroq, A.Muxtorning “Do‘st o‘limiga” deb nomlangan she’ri tasvirning originalligi, izhor tarzining yangiligi bilan bu asarlarning hech biriga o‘xshamaydi: 

Men seni tushimda ko‘rdim chamasi, 

Umr yo‘llarida baxt, dard, to‘lg‘anish...

Qanday ajoyib tush buning hammasi! 

Va qanday musibat birdan uyg‘onish! 

Mening ham barglarim to‘kilayotir, 

Quvonch mast qilmaydi chopsa omadim. 

Notanish nochorlik solar xavotir, 

Seni ham ardoqlab qola olmadim. 

Men nima, men faqat shomda bir shivir,

Men ona ko‘zida yiltillagan nam, 

Yoki turnalarning vido qo‘shig‘i...

Faqat uh deyoldim o‘sha tongda ham.

Ijodkor o‘z faoliyatida tarjima masalalarini ham unutmadi. Xususan, Sofokl, A.Pushkin, M.Lermontov, R.Tagor, M.Gorkiy, T.Shevchenko, A.Blok, V.Mayakovskiy, A.Korneychuk asarlari Asqad Muxtor tarjimasida o‘zbek kitobxonlarining ma’naviy mulkiga aylangan. 

U lirik shoir, taniqli adib, mohir tarjimon sifatida o‘zbek madaniyati taraqqiyotiga katta hissa qo‘shdi. Adib 1997 yilning 17 aprelida vafot etdi.

Asqad Muxtor samarali ijodi bilan “O‘zbekiston xalq yozuvchisi” unvoni va Respublika Davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi.

Abdulaziz RUSTAMOV tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Men nima, men faqat shomda bir shivir" — Asqad Muxtor