“Men ham mashhur futbolchi bo‘laman” degan bolajonlarimiz safi ko‘payib bormoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan uchrashuv o‘tkazmoqda.
–Bugungi uchrashuvimizda taniqli shoir, adib va san’atkorlarimiz ham ishtirok etyapti. Ular maydonda jasorat va matonat ko‘rsatgan futbolchilarimiz haqida yangi she’r va asarlar yozmoqda, qo‘shiq va madhiyalar yaratmoqda.
Tadbirkorlarimizni aytmaysizmi. Ular ham allaqachon harakatni boshlab yuborgan. Biznes vakillari sizlar orqali milliy brendini dunyoga tanityapti, yangi bozorlarga chiqyapti.
Aziz farzandlarim, ko‘ryapsizlarmi? Sizlar nafaqat sport rivojiga hissa qo‘shyapsiz, balki tadbirkorlarimizga yangi imkoniyatlar eshigini ochib, adabiyot va san’at ahliga yangi ilhom, yangi ruh va qanot beryapsiz.
Yoshlarimizga haqiqiy o‘rnak bo‘ldingiz. “Men ham mashhur futbolchi bo‘laman” degan bolajonlarimiz safi ko‘payib bormoqda. Xalqimiz sizlar bilan doim faxrlanadi, – dedi Prezident.
O‘zA