Men g‘olib!
FOTOREPORTAJ
Navoiy shahrida vatanparvarlik oyligi doirasida “Men g‘olib” an’anaviy ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqada harbiy xizmatchilar, kuch tuzilmalari vakillari, oliy harbiy va maxsus ta’lim muassasalari kursantlari, shuningdek, havaskor sportchilar ishtirok etdi.
[gallery-29335]
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va kuch ishlatish tuzilmalari vakillari o‘rtasida qo‘shimcha jismoniy faollikni oshirish va rivojlantirish, eng kuchli jamoalarni aniqlash va O‘zbekiston harbiy-kuch tuzilmalarining jamiyatdagi maqomi va nufuzini oshirish maqsadiga qaratilgan musobaqa 3 kilometr masofada o‘tkazildi.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA