“Men G‘olib” ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyatida 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Men G‘olib” ommaviy yugurish marafoni tashkil etildi.
Davlatobod tumanidagi Yangi shaharchadan start olgan marafon aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlarni sportga keng jalb etish, vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash hamda ajdodlar xotirasiga ehtirom ko‘rsatish maqsadida o‘tkazildi.
Marafonda 3 ming 250 nafardan ortiq ishtirokchi — kuch tuzilmalari xodimlari, ta’lim muassasalari talabalari, yoshlar va keng jamoatchilik vakillari qatnashdi.
[gallery-29336]
Tadbir yakunida yuqori natija qayd etgan ishtirokchilar taqdirlanib, g‘olib va sovrindorlarga diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, sportga bo‘lgan qiziqishi va faolligi bilan ajralib turgan yoshlar alohida e’tirof etildi.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA