Meksikada neft quvuri portladi
Meksika sharqida, Tabasko shtatidagi “Pemex” davlat neft-gaz kompaniyasi quvur tizimida portlash yuz berdi. Bu haqda TASS xabar bergan.
— Voqea joyida hosil bo‘lgan kuchli yong‘in yaqin atrofdagi aholi uchun xavf tug‘dirmadi, — dedi yong‘in xavfsizligi guruhi a’zosi.Hozircha qurbonlar haqida ma’lumot berilmagan.
O‘t o‘chiruvchilar fikricha, hodisaga neft quvuriga yaqin dalada o‘t-o‘lan yonishi sabab bo‘lgan.
2019 yil yanvarda Meksikaning markaziy qismidagi Idalgo shtatidagi Tlauelilpan munitsipalitetida yoqilg‘i quvuriga noqonuniy ulanish oqibatida juda katta portlash sodir bo‘lgandi. O‘sha payt voqea joyida bo‘lgan yuzlab odamlardan 70 ga yaqini halok bo‘lgan, 60 dan ziyodi esa kuyish va jarohat tufayli shifoxonada hayotdan ko‘z yumgan edi.