Prezidentimizning joriy yil 27-sentyabrdagi “Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash toʻgʻrisida“gi farmoniga muvofiq poytaxtlik 19 nafar ustoz va murabbiylar ham vatanimizning faxriy unvonlari bilan taqdirlandi.

Toshkent shahar hokimligida ustoz va murabbiylarni mazkur davlat mukofotlari bilan taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Unga oʻqituvchi va murabbiylar, oliy taʼlim muassasalarining professor-oʻqituvchilari, jamoatchilik, poytaxt faollari taklif etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga bayram tabrigini Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev oʻqib eshittirdi.

Darhaqiqat, Prezidentimiz tabrigida taʼkidlanganidek, oʻzining koʻz nuri, qalb qoʻri, butun borligʻini yosh avlod tarbiyasiga baxsh etadigan oʻqituvchi va murabbiylar mehnati, jasorati har qanday yuksak baholarga munosibdir.

Tantanali tadbirda taʼkidlanganidek, mamlakatimizda taʼlim-tarbiya sohasida koʻrsatilayotgan ulkan eʼtibor ustoz va murabbiylar, keng pedagogik jamoatchilikning ishida yaqqol namoyon boʻlmoqda. Ularning mehnatini qadrlash, ijtimoiy muhofazalash, har jihatdan qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Bunday ezgu ishlarning bari oʻqitish, yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularda milliy anʼana va qadriyatlarga sodiqlik, vatanparvarlik, fidoyilik tuygʻularini mustahkam qaror toptirishda muhim poydevor yaratmoqda.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar oʻqituvchilarni eʼzozlash, jamiyatda bu kasbning mavqeini yuksaltirish borasidagi yuksak eʼtibori uchun davlatimiz rahbariga minnatdorlik bildirdi.

Shu kuni poytaxtimizdagi “Navroʻz“ madaniyat va istirohat bogʻida Toshkent shahrida faoliyat koʻrsatayotgan oʻqituvchi va murabbiylar uchun sayl tashkil etildi.

– Islohotlar taʼlimning barcha boʻgʻinlarini qamrab olayotgani yosh avlod kelajagi, uning istiqboli yoʻlida koʻrsatilayotgan chin gʻamxoʻrlikning amaliy namunasidir, – dedi Toshkent shahri Olmazor tumanidagi yengil sanoat kasb-hunar kollejining ishlab chiqarish taʼlimi ustasi, “Shuhrat“ medali sohibasi Gulsaraxon Ahmedjonova. –Kamtarona mehnatlarim shunday yuksak qadr va eʼtibor topganidan qalbim hayajonga toʻldi, ruhiyatim osmonlar qadar yuksaldi. Nazarimda bugun har bir pedagogning koʻnglidan shunday tuygʻular kechmoqda, desak yanglishmayman. Oʻqituvchilardek oddiy, xokisor va shu bilan birga gʻoyat masʼuliyatli kasb egalariga koʻrsatayotgan yuksak eʼtibori uchun Prezidentimizdan juda minnatdormiz.

Saylda oʻqituvchilarning muloqot qilishi, oʻzaro fikr va tajriba almashishi uchun barcha sharoitlar yaratildi. Bolalar badiiy ijodiyot markazlari faoliyatiga bagʻishlangan koʻrgazma tashkil etildi. Sanʼat ustalari va ijrochi yoshlar ishtirokidagi musiqiy dastur ustoz va murabbiylarga gʻoyat manzur boʻldi.

Bu kabi tadbirlar Toshkent shahridagi koʻplab madaniyat va istirohat bogʻlarida boʻlib oʻtdi. Mehridaryo ustozlarga bagʻishlangan bayram shukuhi mamlakatimiz boʻylab davom etmoqda.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehridaryo, fidoyi ustozlarga ehtirom koʻrsatildi
Жамият
23:09 / 30:09:2019