Ayni kunlarda Olmaliq kon-metallurgiya kombinati homiyligida Olmaliq shahrida “Mehr-muruvvat kunlari” o‘tkazilmoqda.

“Mehr-muruvvat kunlari” doirasida hamda 3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan bugun Olmaliq shahridagi “Metallurg” madaniyat saroyida “Mehr-oqibat – oliy fazilat” nomli bayram tadbiri tashkil etildi.  

Tadbir davomida Olmaliq shahridagi 6-sonli ixtisoslashtirilgan yordamchi maktab hamda 80-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar maktab internat o‘quvchilarining ijodiy ishlari yarmarkasi hamda savdosi tashkil etildi. Yarmarkada bolajonlar tomonidan qo‘l mehnati bilan yaratilgan turli o‘yinchoq va rasmlar namoyish etilib, ushbu ijodiy ishlar kombinat rahbariyati va ishchi-xodimlari tomonidan xarid qilindi. Shuningdek, "Metallurg" madaniyat saroyi ijodiy guruhlari tomonidan konsert dasturi taqdim etilib turli xil ertak qahramonlari ham bolajonlarning ko‘ngillarini shod etdi. Bayram tadbiri davomida bolajonlarga turli xil shirinliklardan iborat jami 330 ta sovg‘alar tuhfa etildi.  

Ma’lumot uchun: kombinatda nogironligi bo‘lgan, shuningdek, qaramog‘ida nogiron farzandi bo‘lgan oilalarga mehnat qonunchiligi va boshqa ijtimoiy dasturlar asosida zarur shart-sharoit yaratib berilmoqda. Bundan tashqari, OKMK tomonidan imkoniyati cheklangan bolalar o‘quv ta’lim muassasalari, “Saxovat”, “Muruvvat” uylariga muntazam homiylik yordamlari tashkil etilgan.  

OKMK matbuot xizmati

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mehr-oqibat – Oliy fazilat”