“Mehr daftari”dagi yoshlarga uy berildi
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyatida yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, sobiq Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarining bir guruhiga “Mehr daftari” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan Termiz shahridagi “Guliston” mahalla fuqarolar yig‘inida qurilgan yangi uy-joylar kalitlari topshirildi.
73 kvadrat metr maydonga ega xonadonlar barcha maishiy va zarur uy-ro‘zg‘or jihozlari bilan to‘liq ta’minlangan bo‘lib, 23 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan 6 nafar sobiq Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisiga berildi.
– Bugun juda xursandman, - deydi sobiq Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi Rajapova Farangiz. – Doim o‘z uyim bo‘lishini orzu qilganman. Prezidentimizning g‘amxo‘rligi bilan bu orzuim amalga oshdi. Menga berilgan uyda barcha zarur sharoitlar bor. E’tibor va g‘amxo‘rlikdan juda minnatdorman.
[gallery-13546]
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA