Mehnat va intilish samarasi o‘z natijasini bermasdan qolmaydi. Bu haqiqatni Guliston tumani Do‘stlik mahallasida istiqomat qilayotgan Ozoda Normatova hayoti va faoliyatida yaqqol ko‘rish mumkin.

Har bir insonda o‘z orzu va istaklari bo‘lganidek, Ozodaning ham bolalikdan o‘ylab yurgan orzusi bor edi. Bu orzusini ro‘yobga chiqarishda Prezidentimiz tomonidan 2025 yil 14 fevralda qabul qilingan “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaror qo‘l keldi.

Ozoda “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi”dan 100 million so‘m kredit oldi va shu mablag‘ orqali mahalla markazida o‘z tikuvchilik sexini ochdi.

– Bolaligimdan tikuvchilik sohasiga qiziqardim. Bir kun kelib, o‘zimning tikuvchilik sexi bo‘lishini, ko‘zni quvontiradigan, san’at asari darajasidagi liboslarni tikishni orzu qilardim, – deydi Ozoda Normatova.

Prezident qarori va mahalla aholisining qo‘llab-quvvatlashi uning orzusini amalga oshirishda muhim omil bo‘ldi. Turmush o‘rtog‘i, qaynona-qaynotasi va yaqinlarining ko‘magida tikuvchilik sexini ochib, dastlab ikki-uch nafar xodim bilan ish boshladi. Hozirda uning qo‘l ostidagi tikuvchilar soni 10 nafarga yetdi, shuningdek undan hunar o‘rganayotgan yoshlar soni 30 nafardan oshdi.

– Muvaffaqiyat intilishga, oldinga qo‘yilgan maqsadga bog‘liq. Bundan ikki yil oldin tikuvchilik sexini ochish va yangi ish o‘rni yaratish mening orzum edi. Bugun esa bu maqsadga erishdim, – deydi Ozoda.

Qisqa vaqt ichida u o‘z brendini ham yaratdi. Uning qo‘l ostida yaratilayotgan liboslar, bejirim sport formalari va bolajonlar uchun kiyim-kechaklarga nafaqat mahallada, balki ichki bozorda ham talab yuqori.

– Yaqinda tikuv seximga otam tashrif buyurdi. Faoliyatim bilan tanishib, faxrlanishini bildirdi. Menimcha, farzand uchun bundan ortiq baxt bo‘lmasa kerak, – deydi Ozoda quvonch bilan.

Ozoda bugungi kunda yurtboshimiz tomonidan olib borilayotgan islohotlar ishtirokchisi hisoblanadi. Kichik qadam bilan boshlagan ishi bugun unga muvaffaqiyat keltirdi. Kelgusida u o‘z faoliyatini yanada kengaytirish, mahalladagi ishsiz va kasb-hunarsiz xotin-qizlarga o‘z kasb sirlarini o‘rgatish va qo‘shimcha ish o‘rinlari yaratishni maqsad qilgan.

– Har bir muvaffaqiyat ortida mehnat, izlanish va harakat yotadi. Hech kim sizga “mana bu ishni qilsangiz, mana shunday bo‘ladi” deb ayta olmaydi. Aytgan taqdirda ham o‘zingizda xohish va harakat bo‘lmasa, muvaffaqiyatga erishib bo‘lmaydi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnatsevarligi va intilishi sabab muvaffaqiyatlarga erishgan Ozoda