Sirdaryo viloyati suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining akademik eshkak eshish bo‘yicha murabbiysi Krasnov Anatoliy Viktorovich Prezidentimizning 2023 yil 30 iyundagi qaroriga muvofiq "Mard o‘g‘lon" Davlat mukofoti bilan taqdirlandi.

–Kindik qonim to‘kilgan O‘zbekistonimni hech qanday yurtga alishmayman, – deydi A. Krasnov. –Mehnatlarim zoye ketmadi. Vatanimda qadr topdim.

Anatoliy Krasnov 1994 yilda Sirdaryo viloyati Shirin shahrida tug‘ilgan. U 2017 yilning sentyabr oyidan buyon Sirdaryo viloyati Suv sporti turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabining akademik eshkak eshish sport turi bo‘yicha trener-o‘qituvchisi vazifasida ishlaydi.

A.Krasnov mehnat faoliyati davomida bir qancha iste’dodli sportchilarni tayyorladi. Jumladan, uning o‘quvchi-sportchilari Keldibekov Muhammadqodir, Sobirjonov Sherzodbek, Boyzoqov Kamoljon, Axunjanov Shohjahonlar bir necha karra O‘zbekiston chempionati hamda kubogi musobaqalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan. A.Krasnov akademik eshkak eshish sport turi bo‘yicha “Xalqaro toifadagi sport ustasi” unvoni sohibidir. U ko‘pgina Respublika va Xalqaro sport musobaqalari g‘olibi hamda sovrindori hisoblanadi.  

Shuhrat Suyarov, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnatlarim qadr topdi