Buxoro viloyati Shofirkon tumanining Pashmon mahallasidagi Labirod qishlog‘ida yashovchi Sayidali Qodirov o‘z oilasi uchun barqaror daromad manbaini yaratish yo‘lida namunali tashabbus ko‘rsatmoqda. Bugungi kunda ushbu xonadonda ikki oila – jami 8 nafar fuqaro istiqomat qiladi.

Sayidali Qodirov davlat tomonidan taqdim etilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda, 66 million so‘mlik imtiyozli kredit asosida turmush sharoitini yaxshilashga kirishdi. Ushbu mablag‘ evaziga u uch sotixli zamonaviy issiqxona, uch bosh qoramol, shuningdek, besh bosh qo‘y xarid qildi.

Issiqxona yiliga uch mavsumda hosil berib, barakali daromad keltirmoqda. Har mavsumda yetishtirilayotgan ekinlar orasida pomidor va bodring asosiy o‘rinni egallaydi. Issiqxona bilan bir qatorda chorvachilik yo‘nalishi ham oilaning qo‘shimcha daromad manbai sifatida xizmat qilmoqda.

Sayidali Qodirovning bu kabi sa’y-harakatlari nafaqat o‘z oilasiga, balki mahalla fuqarolari uchun ham ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda. Bu – davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish va o‘z kuchiga tayangan holda hayotni yaxshilash yo‘lida tashlangan muhim qadamdir.

Bugungi kunda aholining daromadini oshirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash va oilaviy byudjetni mustahkamlashda tomorqadan samarali foydalanish katta ahamiyat kasb etmoqda. Yurtimizning har bir hududida, ayniqsa, qishloq joylarida bunday namunali oilalar ko‘payib borayotgani quvonarli. Shunday fidokor oilalardan biri Olot tumanidagi “Soloqorovul” mahallasida yashovchi Negmat Mamedov xonadonidir.

Oila 12 sotixli tomorqasidan oqilona foydalanib, o‘z hayot tarzini tubdan o‘zgartirgan. Tomorqaning asosiy qismini, ya’ni 8 sotixini olma va nok daraxtlariga ajratgan bo‘lib, bu yerda 120 dan ortiq mevali daraxt parvarish qilinmoqda. 

Joriy yilda oilaning mehnati o‘z samarasini berdi. 1 tonnaga yaqin olma va 300 kilogrammdan ortiq nok yetishtirib, mahalliy bozorlarda sotildi. Mahsulot narxi olma uchun 1 kilogrammiga 5 ming so‘m, nok uchun esa 10 ming so‘m atrofida bo‘lib, bu oilaga qo‘shimcha daromad keltirdi.

Ushbu oila faqat bog‘dorchilik bilan chegaralanib qolmagan. Tomorqasida 30 ta asalari uyalari mavjud bo‘lib, yil davomida 500 kilogrammdan ortiq tabiiy asal olishga bel bog‘langan. Asal nafaqat oilaning sog‘lom ovqatlanishida, balki qo‘shimcha daromad sifatida ham xizmat qilmoqda.

– Asalarichilik sabr va parvarish talab qiladi. Biroq mehnat evaziga har yili sof, tabiiy va bozorda qadrli mahsulot yetishtiramiz. Bu esa oila byudjetiga katta hissa qo‘shadi. Mehnat qilgan odam hech qachon kam bo‘lmaydi. Bugun o‘zimiz yetishtirgan mahsulotni iste’mol qilyapmiz, sog‘lig‘imiz mustahkam. Eng asosiysi, tomorqa bizga daromad keltiryapti, –deydi Negmat Mamedov.

Zarif Komilov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnatdan kelsa boylik...