Sirdaryo viloyatida tashkil etilgan "Bo‘sh ish o‘rinlari" yarmarkasida 137 nafar fuqaro ishga joylashtirildi. Shuningdek, 48 nafar yosh kasb-hunar o‘rganishga, 18 nafari esa xorijiy ish beruvchilar bilan suhbatga yo‘naltirildi.

Sirdaryo viloyat hokimligi hamda viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan yarmarkada 150 dan ortiq korxona va tashkilot 2 000 ga yaqin bo‘sh ish o‘rnini taklif qildi.

Shuningdek, fuqarolarga kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash, imtiyozli kreditlar hamda xorijda rasmiy ishlash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Tadbir davomida 24 nafar fuqaroga tijorat banklari tomonidan asbob-uskunalar olishda ko‘mak ko‘rsatildi, 16 nafar shaxsga esa imtiyozli kreditlar ajratildi. Shuningdek, Kasbiy ko‘nikmalar markazi bitiruvchilariga rasmiy sertifikatlar topshirildi.

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat yarmarkasida 137 nafar fuqaro ishli bo‘ldi