Mehnat migratsiyasi tizimini takomillaştiriş böyiça vazifalar belgilandi
Prezident Şavkat Mirziyoyev mehnat migratsiyasi hamda xorijda işlaş istagidagi aholini til va kasblarga maqsadli öqitiş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.
Jahon mehnat bozoridagi talab özgarib bormoqda. Bugun dunyoda 168 million kişi xorijiy mehnat migratsiyasida. Bir tomondan, mamlakatimizda çet elda işlaş istagidagi fuqarolar bor, ikkinçi tomondan, qator davlatlarda malakali işçi kuçiga ehtiyoj ortib bormoqda. Davlatimiz rahbari uşbu imkoniyatlarni özaro boğlaş, fuqarolarni aniq iş örinlariga tayyorlaş zarurligini taʼkidladi.

Sönggi yillarda tartibli mehnat migratsiyasi böyiça hamkorlik kölami kengaydi. Ilgari mazkur yönalişda uçta davlat bilan iş olib borilgan bölsa, hozir ularning soni 27 taga yetdi. Hamkorlik qilayotgan yirik xorijlik iş beruvçilar soni qariyb 400 taga köpaydi. Çet elda işlayotgan yurtdoşlarimiz soni ön yilda ikki baravar kamaygan bölsa-da, ularning oilalariga yuborayotgan mablağlari tört karra oşdi. Bu fuqarolarning yuqori malakali va daromadli işlarga joylaşişi naqadar muhimligini körsatadi.
Biroq hududlar natijalari örtasida katta tafovut saqlanmoqda. Xorijda işlayotgan bir kişiga töğri keladigan örtaça oylik pul ötkazmasi Farğonada 1 ming 850 dollar bölsa, ayrim hududlarda 400 dollarga ham yetmaydi. Hokimlar, elçilar va texnikum rahbarlari fuqarolarni yuqori daromadli işlarga tayyorlaş böyiça faoliyatini qayta körib çiqişi zarurligi körsatib ötildi.

Germaniya, Turkiya, Slovakiya va Qatarda iş beruvçilarni texnikumlar bilan boğlaş böyiça ijobiy misollar bor. Boşqa mamlakatlardagi elçilar ham mehnat bozori imkoniyatlarini aniq iş örinlari va kadrlar tayyorlaş dasturlariga aylantirişi lozimligi qayd etildi.
Yevropa Ittifoqi Markaziy Osiyodan mutaxassislarni jalb etiş masalasini ilk bor migratsiya strategiyasiga kiritgan. Buyuk Britaniyada ham 33 ming işçiga ehtiyoj bor. Şunga qaramay, bu mamlakatga yurtdoşlarimiz asosan qişloq xöjaligidagi mavsumiy işlarga bormoqda. Tibbiyot, logistika va sanoat sohalarida iş beruvçilar bilan aniq kelişuvlarga erişiş, Italiya bilan mavjud imkoniyatlardan foydalaniş, şuningdek, “Yoşlar mobilligi” dasturida iştirok etiş masalasini hal qiliş vazifasi qöyildi.

Prezidentimiz çet tillarini biliş yuqori daromadli iş topişning asosiy şartlaridan biri ekaniga eʼtibor qaratdi. Mamlakatimizda ingliz tilini puxta örganib, sertifikat olgan 200 mingga yaqin yoş bor. Ularning AQŞ, Kanada, Avstraliya, Yangi Zelandiya va boşqa davlatlarda işlaşi uçun imkoniyatlarni kengaytiriş zarur.
Germaniyadan joriy yilning özida 45 ming mutaxassisga buyurtma kelib tuşgan, ammo atigi 2 ming kişi işga joylaşgan. Bunga nemis tilini biladigan kadrlar yetişmasligi sabab bölmoqda. Şu bois, kasbiy taʼlim bilan til tayyorgarligini birga olib boriş, xorijlik iş beruvçilar buyurtmasini texnikumlardagi öquv dasturlari bilan boğlaş muhimligi taʼkidlandi.

Har bir viloyatdagi ikki-uçta texnikumda kasb bilan birga nemis tilini öqitişni yölga qöyiş vazifasi qöyildi. “Intil” xalqaro öquv markazida “Telc” kompaniyasi iştirokida 100 nafar nemis tili öqituvçisini tayyorlaş boşlangan. Kelasi yil ular hududlardagi texnikumlarga jalb qilinadi. Maktab va texnikumlar uçun yana 500 nafar nemis tili egasini olib keliş, oliy taʼlim muassasalarida nemis tili öqituvçilarini tayyorlaş böyiça davlat buyurtmasini ikki karra oşiriş belgilandi.
Viloyat hokimlarining birinçi örinbosarlari “Intil” markazi tajribasini örganib, kelasi yili har bir hududda yagona migratsiya markazini oçadi. Buning uçun har bir viloyatga 8 milliard sömdan ajratiladi. Kelasi yil 10 ming kişini kasb va nemis tiliga örgatib, Germaniyada işga joylaştiriş vazifasi qöyildi.

Yirik xorijiy kompaniyalar özlariga zarur mutaxassislarni Özbekiston texnikumlarida tayyorlaşga qiziqiş bildirmoqda. Şu asosda bir oy içida 20 ta texnikum tanlanib, ularning dasturlari xorijlik iş beruvçilar talabiga moslaştiriladi. Har bir viloyatdagi yana ikki-uçta texnikumni yirik tadbirkorlar boşqaruviga beriş, ular orqali yiliga kamida 30 ming nafar işga tayyor mutaxassis yetiştiriş rejalaştirilmoqda.
Bunday texnikumlar 15 yilga boşqaruvga beriladi, bitiruvçilar davlat namunasidagi malaka sertifikatini oladi. Kadr tayyorlaş va jihozlarga sarflangan mablağlarni soliqlardan çegiriş, xorijda yaxşi işga joylaşgan bitiruvçilar uçun grant ajratiş közda tutilmoqda.
Yiğilişda xususiy bandlik agentliklari faoliyati ham tahlil qilindi. Litsenziya beriş tartibi soddalaştirilgaç, ikki yilda ularning soni uç baravar, agentliklar orqali xorijda işga joylaşganlar soni beş karra ortdi.
Kelasi yil fuqarolarni xorijga işga yuboriş vazifasi xususiy sektordagi işonçli bandlik agentliklariga ötkaziladi. Yuqori daromadli işga joylaştirilgan har bir fuqaro uçun ularga 1,5 million sömdan rağbat puli tölanadi. Agentliklarning oçiq reytingi yuritilib, işga joylaşiş natijasi, fuqarolar huquqlarining himoyasi va ijtimoiy kafolatlar asosiy mezon böladi.

Joriy yilning özida 34 ta davlatda 287 ming kişini işga joylaştiriş imkoniyati mavjud, biroq bu haqda fuqarolarga yetarli maʼlumot yetkazilmayapti.
Endi xorijdagi har bir iş örni böyiça mutaxassisga qöyiladigan talab, zarur til va öqiş imkoniyatlari haqidagi maʼlumot mahallagaça yetkaziladi. “Mahalla yettiligi” çet elda işlaş istagidagi fuqarolarni “Onlayn mahalla” platformasiga kiritadi. Hokimlar va masʼul taşkilotlar ularning kasb va tilga tayyorlanişi hamda işga joylaşişiga javob beradi. Viloyat hokimlari bu boradagi natijalarni har oy, tuman hokimlari esa oyiga ikki marta körib çiqadi.
Elçilardan iş beruvçilar bilan kelişuv tuziş bilan çeklanmasdan, kvotalar, işçi vizalari va malakani tan oliş masalalarini iqtisodiy diplomatiya orqali hal etiş talab qilindi. Ular hokimlar bilan birga fuqarolarning işga joylaşişi va yangi muhitga könikişigaça bölgan jarayon uçun masʼul böladi.
Xorijda mehnat qilayotgan yurtdoşlarimizning huquqlarini himoya qiliş masalasiga alohida eʼtibor qaratildi. Endi qiyin vaziyatga tuşgan fuqaro “Onlayn mahalla” platformasida xabar qoldirişi mumkin. Zarur hollarda elçining özi uning muammosi bilan şuğullanadi. Hokimlarga esa xorijda işlayotganlarning oilalari, ota-onalari va farzandlarini qöllab-quvvatlaş vazifasi qöyildi.
– Çet elda mehnat qilayotgan birorta yurtdoşimiz öz muammosi bilan yolğiz qolmasligi kerak, – dedi davlatimiz rahbari.
Yiğilişda mehnat migratsiyasidan qaytgan fuqarolarning bandligi masalasi ham körib çiqildi. Yil boşidan buyon 1 million 116 ming kişi qaytgan. Ularning orasida xorijda sanoat, quriliş, logistika va xizmat körsatiş sohalarida tajriba orttirgan mutaxassislar bor. Hokimlar va tarmoq rahbarlari ularning salohiyatidan foydalanib, munosib iş taklif etişi zarurligi qayd etildi.
Buning uçun qaytgan fuqarolarning işlagan joyi, kasbi va staji aks etadigan platforma yaratiladi. Yil yakunigaça ularning 250 ming nafariga mos iş topiş, tadbirkorlik qilişni istaganlarga kömaklaşiş vazifasi belgilandi.
Xorijda orttirilgan iş staji va pensiya huquqini tan oliş masalasiga ham töxtalindi. Bugun yurtdoşlarimiz 40 dan ziyod davlatda qonuniy işlab, pensiya badallarini tölayapti. Joriy yil Qirğiziston, Ozarbayjon va Turkiya bilan bu borada ikki tomonlama bitimlar imzolangan. Fuqarolarimiz köp mehnat qilayotgan boşqa davlatlar bilan ham şunday kelişuvlarga erişiş topşirildi.
Mamlakatimizga kelayotgan xorijiy işçi kuçini tartibga soliş ham muhokama qilindi. Özbekistonda uzoq muddat yaşayotgan çet elliklar soni 250 mingga yaqinlaşgan. Ulardan 36 ming nafari işlaşga ruxsatnoma olgan, 24 ming nafari talaba. Qolganlarning bandligi va daromad manbalari haqida aniq maʼlumot bölişi zarurligi körsatib ötildi. Şuningdek, yangi iş örinlariga birinçi navbatda özimizning fuqarolarni joylaştiriş muhimligi taʼkidlandi.
Yiğiliş davomida sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan muloqot qilindi, hududlar rahbarlarining axboroti tinglandi.