Mehnat huquqingizni buzishdimi?
Siz biron bir tashkilotda ish boshladingizmi, siz ishga kirgan hisoblanasiz! Siz va tashkilot rahbari o‘rtasida mehnat shartnomasi tuzilmaganligi sizning maoshsiz yoki ish stajisiz qolishingizga sabab bo‘la olmaydi. Hatto siz sinov muddatiga olingan bo‘lsangiz ham. Ya’ni Mehnat shartnomasi tuzilmaganligini ro‘kach qilib, tashkilot rahbari sizni ishdan bo‘shatishga haqqi yo‘q. Chunki tashkilot rahbari xodimni ishga olar ekan, albatta u bilan mehnat shartnomasini tuzishi shart. Agar tashkilot rahbari siz bilan mehnat shartnomasini tuzmasa va sizning tashkilotda qanchadir muddat davomida ishlaganligingiz o‘z tasdig‘ini topsa, u holda tashkilot rahbari qonunga muvofiq javobgarlikka tortilishi mumkin. Mehnat huquqining buzilganligi bilan bog‘liq nizolar esa sud tartibida hal bo‘ladi.
Bu Mehnat kodeksida tegishli moddalar bilan mustahkamlab qo‘yilgan.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/zJckASL4zeQ" title="Mehnat huquqingizni buzishdimi?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>M.Eshmirzayeva, N.Abduvoitov, O‘zA