Xalqimiz hayotida yosh avlodning duogo‘yi bo‘lgan, ko‘pni ko‘rgan nuroniylarimizga alohida hurmat-ehtirom, e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatishdek oliyjanob vazifalar alohida o‘rin tutadi.

Ma’lumki, Prezidentimiz tomonidan 2016 yil 28 dekabrda mamlakatimizning turli sohalarida ko‘p yillar halol va samarali mehnat qilgan, hayotini oilalar mustahkamligini saqlash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga, kattalarga va yosh avlod vakillariga hurmat, ona-Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash ishlariga bag‘ishlagan otaxon va onaxonlarni munosib taqdirlash maqsadida “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni ta’sis etilib, har yili o‘z munosib egalariga topshirib kelinmoqda. 

Bu yil ham Toshkent viloyatining 72 nafar mehnat faxriylari ushbu nishon bilan taqdirlandi. 

 Shu munosabat bilan Nurafshon shahrida mukofotlarni topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda ishtirok etgan Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev keksa avlod vakillarini yuksak e’tirof bilan samimiy qutladi. Keksalarning mazmunli  hayot yo‘llari el-yurtga muhabbat va sadoqat, mardlik va fidoyilik namunasi sifatida hamisha barchamiz uchun ibrat maktabi ekani alohida ta’kidlandi. 

Marosim dasturiga muvofiq, dastlab nuroniylar Nurafshon shahridagi “Vatanparvar” bog‘ini ziyorat qildi. Keksa avlodning el-yurtimiz tinchligi va osoyishtaligi yo‘lidagi ulkan jasoratlarini aks ettiruvchi bu bog‘ va undagi ekspozitsiyalar barchada katta taassurot qoldirdi. Shundan so‘ng sadoqat va matonat ramzi – Zulfiya Zokirova monumenti poyiga gulchambar qo‘yildi. 

Nuroniy otaxonu onaxonlar gurungi to‘kin dasturxon atrofida, san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari og‘ushida davom etdi. Mas’ullar tomonidan “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishonlari nuroniylarga topshirildi. 

A. Musayev, O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni o‘z egalariga topshirildi