Mehnat faxriylari e’zozlandi
Buxoro viloyati bojxona boshqarmasida “Keksalar haftaligi” doirasida tadbir tashkil etildi.
Unda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi vakillari, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari, bojxona faxriylari ishtirok etdi.

Tadbirda bojxona xodimi har gal o‘z xizmat vazifasiga otlanar ekan, shu yurt ravnaqi yo‘lida astoydil mehnat qilishni o‘zining eng oliy maqsadi deb bilishi, ishdagi halollik va Vatanga bo‘lgan qasamyodni unutmaslik lozimligi ta’kidlandi. Ayni damda nafaqada bo‘lgan bojxona faxriylarining mehnati e’tirof etildi.

Yo‘qlov tadbirlari Buxoro shahri hamda G‘ijduvon tumanida davom etdi. Unda bojxona xodimlari hozirda nafaqada bo‘lgan kasbdoshlarining xonadonlarida bo‘ldi. Diydorlashuvda xizmat yillaridagi esda qolarli voqealar yodga olindi.


Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari haftalik davomida joylarda bo‘lib, faxriylar holidan xabar olmoqda.
Zarif Komilov, O‘zA