Mamlakatimizda yoshlarni ish bilan ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish, istiqbolli tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur sohadagi vazifalarni hal etish mehnat bozorining ehtiyojlarini hisobga olgan holda, yuqori malakali xodimlar, ishchi mutaxassislar tayyorlashning samarali tizimini yaratish zaruratini keltirib chiqarmoqda. Bunda yosh mutaxassislarning o‘rnini belgilash va ularning boshqa davlat yoshlari bilan raqobatbardoshligini oshirish muhim ahamiyat kasb etadi.

2017 - 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasining tegishli bandida ham yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholining, eng avvalo, o‘rta maxsus va oliy o‘quv muassasalari bitiruvchilari bandligini oshirish, mehnat bozori mutanosibligini va infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlash, ishsizlik darajasini kamaytirish ustuvor yo‘nalishlardan biri etib belgilangan.

Mehnat bozorida yoshlar faolligini oshirish va ularning bandligini ta’minlash maqsadida qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Xususan, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan yoshlar bandligini ta’minlashga, ularni kasb-hunarga va tadbirkorlikka yo‘naltirish maqsadida “Yoshlar – kelajagimiz” jamg‘armasi tashkil etildi. Mazkur jamg‘arma yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish va lizing xizmatlarini ko‘rsatish hamda tijorat banklari kreditlari bo‘yicha kafillik berish, ishsiz va band bo‘lmagan yoshlarni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kasb va mutaxassisliklarga o‘qitish yuzasidan qisqa muddatli kurslar sonini ko‘paytirish va sifatini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshiradi.

Yoshlarni biznesga o‘qitish, “Loyihalar fabrika”larida yangi g‘oyalar asosida innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va moliyalashtirish bo‘yicha doimiy ishlaydigan hamda yoshlarga qulay va qiziqarli bo‘lgan yangi tizimni yaratish hamda xorijdagi yoshlarga Vatanimizga qaytib ishlash, o‘z biznesini tashkil etish, ularni uy-joy bilan ta’minlashga ko‘maklashish uchun byudjetdan qo‘shimcha 100 million dollar mablag‘ ajratildi.

Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yosh kadrlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va tarbiyalash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, viloyat, tuman va shahar Kengashlari tomonidan har yili hokim, vazir, idora va bank rahbarligiga kamida 2 nafardan yosh nomzodlar zaxirasini tasdiqlash belgilandi. Joriy yildan boshlab iqtidorli yoshlar “El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan chet ellarda amaliyot o‘taydi.

Bu borada Andijon viloyatida ham e’tiborga molik ishlar olib borilmoqda. Jumladan, mahallabay tizimi asosida yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, kam ta’minlangan oilalarda yashovchi yoshlarni tadbirkorlikka jalb etish, bandligini ta’minlash choralari ko‘rildi.

Viloyatdagi 882 mahallada istiqomat qilayotgan yoshlarning 42 ming 184 nafari “Yoshlar daftari”ga kiritilib, ular bilan manzilli ishlar tashkil etildi. Olib borilgan ishlar natijasida 17 ming 301 nafar yoshga turli manbaalar hisobidan 411 milliard 734 million so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

Joriy yilda 22 ming 232 nafar umumta’lim maktablari bitiruvchilarining 3 ming 694 nafari doimiy yoki jamoat ishlariga joylashtirildi, 39 ming 164 nafar yoshga g‘alladan bo‘shagan ekin maydonlaridan dehqonchilik qilish uchun 4 ming gektardan ortiq yer ajratib berildi. Bundan tashqari, 420 nafar yigit-qizga o‘z tomorqasida issiqxona qurish va boshqa yo‘nalishlarda tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishi uchun 2 milliard 212 million so‘m miqdorida subsidiya ajratildi. 53 ming 82 nafar yoshlar “1+1” loyihasi doirasida samarali faoliyat yuritayotgan tadbirkor va hunarmandlarga biriktirildi.

O‘z tadbirkorligini boshlash niyatidagi 23 ming 704 nafar yoshlar tadbirkorlik va biznesga o‘qitilib, ularga tegishli sertifikatlar berildi. Ulardan 13 ming 838 nafariga tadbirkorlik yo‘nalishidagi loyihalarini amalga oshirishlari uchun 333 milliard 430 million so‘m miqdoridagi kredit ajratildi.

Yoshlar bandligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan yuqoridagi kabi ishlar yoshlarimizning yetuk va malakali mutaxassis bo‘lib kamol topishida, qolaversa, mehnat bozorida yoshlarning raqobatbarpdoshligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xushnudbek KARIMOV,
Biznes-ombudsmanning Andijon viloyati yetakchi inspektori

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mehnat bozori: yoshlarni ish bilan ta’minlash muhim vazifa