Mediatsiya turli sohalarga oid nizolarni kelishuvlar va jarayonga uchinchi betaraf tomonni jalb etish yoʻli bilan hal etishdir.

Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Toshkent xalqaro arbitraj markazi (TIAC) va Singapurning yetakchi mutaxassislari mediatsiya istiqbollarini muhokama qilishdi.

AQSH Xalqaro rivojlanish agentligi (USAID) ning sud-huquq islohotlari dasturi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi huzuridagi Toshkent xalqaro arbitraj markazi vakillari hamda Singapur xalqaro mediatsiya instituti (SIMI) va Singapur xalqaro mediatsiya markazi (SIMC) yetakchi mutaxassislari oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

__cb8117671f7b0ea7bd2a44516592ed5f.jpg

Mediatsiya turli sohalarga oid nizolarni kelishuvlar va jarayonga uchinchi betaraf tomonni jalb etish yoʻli bilan hal etishdir. Oʻzbekistonda mazkur institut 2018-yil 3-iyulda “Mediatsiya toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilinishi bilan paydo boʻlgan.

2014-yilda tashkil etilgan SIMI va SIMC bugungi kunga kelib, dunyo miqyosiga chiqishga muvaffaq boʻldi. Bu ikki tuzilma mutaxassislari BMTning Mediatsiya toʻgʻrisidagi Konvensiyasini ishlab chiqqan ishchi guruh tarkibiga ham kiritilgandi. 2019-yilning 2-avgustida qabul qilingan mazkur Mazkur hujjat haqli ravishda “Singapur konvensiyasi” deb atalishi, ushbu mamlakatning sohaga qoʻshgan ulkan hissasi eʼtirofidan darak beradi.

photo_2020-01-15_18-45-55.jpg

Tadbirdan koʻzlangan maqsad Singapurda yuzaga kelgan xalqaro nizolarni hal etish metodi sifatida mediatsiyaning jadal rivojlanishi bilan bogʻliq asosiy omillarni aniqlash va muhokama qilish, shuningdek, xalqaro miqyosdagi mediatorlarni akkreditatsiyadan oʻtkazish tizimini oʻrganishdan iborat edi.

Uchrashuvda Toshkent xalqaro arbitraj markazi hamda Singapur xalqaro mediatsiya instituti va Singapur xalqaro mediatsiya markazi vakillari Oʻzbekistonda mazkur institutni yanada takomillashtirish maqsadida mutaxassislar almashish va qiziqqan talabalar hamda amaliyot oʻtayotgan mediatorlar uchun oʻquv dasturlari tuzish boʻyicha ikki tomonlama hamkorlik istiqbollarini ham muhokama qilishdi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mediatsiya – xalqaro nizolarni bartaraf etish uslubi