O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi, Oliy sud va Sudyalar oliy maktabi tomonidan jahon tajribasini o‘rganish va milliy mediatsiya tizimini yanada takomillashtirishga bag‘ishlangan muhim voqelik – “Mediatsiya instituti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari va sud amaliyoti” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati a’zolari, Oliy sud va Sudyalar oliy kengashi rahbariyati, sudyalar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Shuningdek, konferensiyada nafaqat O‘zbekiston, balki Turkiya, Qirg‘iziston, Ozarbayjon va Qozog‘iston kabi mamlakatlarning yuqori malakali sudyalari, mediatorlar, huquqshunos olimlar va tahlilchilar faol qatnashib, o‘z mamlakatlarida mediatsiya institutining rivojlanish tarixi, huquqiy asoslari va amaliyoti haqida fikr almashishdi.

Anjuman davomida savol-javoblar va munozaralar bo‘lib o‘tdi. Qatnashchilar tomonidan mediatsiyani rivojlantirish bo‘yicha samarali ilmiy-amaliy tavsiyalar bildirildi. Xalqaro tajriba va milliy amaliyotni uyg‘unlashtirish orqali sud tizimida yuzaga keladigan yuklamani kamaytirish, jamiyatda murosaga tayyorlik ruhini mustahkamlash masalalari muhokama etildi. Ushbu anjuman nafaqat huquq sohasi mutaxassislari, balki keng jamoatchilik uchun ham mediatsiyaning mohiyati va imkoniyatlarini yoritib berishda muhim qadam bo‘ldi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/pUeVYniaxA0" title="Mediatsiya instituti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari muhokama qilindi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

M.Turdaliyeva, N. Abduvoitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Mediatsiya instituti rivojlanishining zamonaviy tendensiyalari muhokama qilindi (+video)