MDH iştirokçi davlatlari adliya vazirliklari hamkorligiga oid bitim imzolandi
Yerevan şahrida MDH Adliya vazirlari kengaşining 20-majlisi bölib ötdi.
Unda Armaniston, Belarus, Rossiya, Tojikiston va Özbekiston adliya vazirlari, Qirğiziston Respublikasi adliya vazirining birinçi örinbosari, MDH Ijroiya qömitasi vakillari hamda notariat va advokatura böyiça tayanç taşkilotlar rahbarlari qatnaşdi.
Majlisda Armanistonning 2026-yilda kengaşdagi raisligi yakunlari, FHDYO organlari metodik kengaşini taşkil etiş, adliya organlari faoliyatini raqamlaştiriş masalalari muhokama qilindi.
Özbekiston adliya vaziri Akbar Toşqulov mamlakatimiz adliya sohasidagi islohotlar, elektron huquqiy xizmatlar va sunʼiy intellektni joriy etiş tajribasi haqida sözlab berdi.

Bundan taşqari, Adliya vazirligi taşabbusi bilan işlab çiqilgan MDH adliya vazirliklari örtasida axborot almaşiş yagona elektron tizimi konsepsiyasi böyiça "yöl xaritasi" doirasida amalga oşirilgan işlar yuzasidan maʼlumot berildi.
Majlis yakunida kengaş emblemasi va "MDHga aʼzo davlatlarda huquqiy maʼrifat yili - 2027" ramzlari tasdiqlandi.
Kengaşning 2027-yilga möljallangan tadbirlar rejasi qabul qilindi. Rejaga 2027-yil may oyida Toşkentda ötkaziladigan Tashkent Law Spring" xalqaro yuridik forumi ham kiritildi.
MDH iştirokçi davlatlari adliya vazirliklarining hamkorligi töğrisidagi bitim imzolandi. Mazkur Bitim qonunçilik faoliyati, huquqiy axborot, aholiga huquqiy yordam körsatiş, kadrlar tayyorlaş va ularning malakasini oşiriş sohalarida hamkorlikni kuçaytirişga qaratilgan.
N.Abduraimova, ÖzA