Toshkentda Prezident Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi tarixida ilk bor ishtirokchi mamlakatlar hududlari forumi tashkil etildi.

Nufuzli delegatsiyalar hamda MDH Ijroiya qo‘mitasi vakillari ishtirok etgan anjumanda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari Jamshid Xo‘jayev davlatlar iqtisodiyotini rivojlantirish uchun hududlararo o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish, ishonchga asoslangan barqaror biznes aloqalarini yo‘lga qo‘yish muhimligini ta’kidladi.

So‘nggi 5 yil ichida mamlakatimizning MDH davlatlari bilan savdo aylanmasi qariyb 2 barobar o‘sib, 2024 yil yakunida 23 milliard dollardan oshdi. Hududlarimizda xorij kapitali ishtirokida 5 yarim mingdan ziyod kompaniya samarali faoliyat yuritmoqda. A’zo davlatlar viloyat, shahar va tumanlarida yirik qo‘shma investitsiya va infratuzilma loyihalari amalga oshirilayotgani e’tiborga molik.

Hududlararo savdoni rag‘batlantirish maqsadida 130 dan ziyod maxsus iqtisodiy zona faoliyat yurityapti, chegaradosh savdo hududlari tashkil etilmoqda. Bu jarayonda a’zo davlatlar tomonidan hududlararo ahamiyatga ega 6 000 ga yaqin ikki tomonlama hujjat imzolangan.

Tadbir chog‘ida respublikamizning chuqur iqtisodiy islohotlarni davom ettirish, investitsiya va biznes uchun qulay muhit yaratish, sanoat tarmog‘ida yuqori qo‘shimcha qiymat yaratish hamda tashqi iqtisodiy aloqani kengaytirishga qat’iy sodiqligi ta’kidlandi.

MDH Bosh kotibi Sergey Lebedev jahon savdo tizimidagi global vaziyatni hisobga olgan holda, umumiy makonda o‘zaro munosabatni rag‘batlantirish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi. Shuningdek, Erkin savdo hududi to‘g‘risidagi shartnoma imkoniyatidan to‘liq foydalanish, mavjud to‘siqlarni bartaraf etish, savdo jarayoni va yuk tashishni raqamlashtirish, kooperatsiya hamda import o‘rnini bosishga xizmat qiladigan loyihalarga hududlarni faol jalb etish masalalarini ko‘tardi.

Anjuman doirasida tashkil etilgan B2B formatidagi muzokara va uchrashuvlarda ikki va ko‘p tomonlama sheriklik ko‘lamini kengaytirish bo‘yicha aniq, istiqbolli yo‘nalishlar belgilab olindi.

Forum yakunida o‘ndan ziyod hujjat – MDH doirasida do‘stona munosabatni mustahkamlash, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy-gumanitar hamda a’zo mamlakatlar hududlari o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishga yo‘naltirilgan “Yo‘l xaritalari” imzolandi.

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/vIiiYwEYM4g" title="“Yo`l xaritalari” imzolandi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Behruz Xudoyberdiyev, Nishonboy Abduvoitov (video), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH doirasida hamkorlikni kengaytirish bo‘yicha “Yo‘l xaritalari” imzolandi (+video)