Moskva shahrida Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi davlatlari axborot agentliklari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Rossiya axborot agentligi – TASS tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda Rossiya, Belarus, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va ozarbayjonlik jurnalistlar ishtirok etmoqda. Ular o‘zaro tajriba almashib, kasbiy bilim va mahoratlarini boyityapti.

Seminarning birinchi ish kunida ishtirokchilar qariyb 120 yillik tarixga ega, dunyodagi eng yirik axborot agentliklaridan biri bo‘lgan TASSning asosiy bo‘lim va tahririyatlari faoliyati, shuningdek, agentlik tarixini aks ettiruvchi ko‘rgazmalar hamda muzey bilan tanishdi.

TASS Bosh direktori o‘rinbosari Aleksandr Kopnov seminar qatnashchilari bilan uchrashuvda agentlikning yaqin xorijiy davlatlar, xususan, MDH davlatlari axborot agentliklari bilan hamkorlikni mustahkamlash borasida olib borayotgan ishlari, rejalari haqida gapirdi.

Kunning ikkinchi yarmida tass.ru sayti rahbari Tamara Kazarina va mutaxassislar tomonidan sayt ishini tashkil etish, saytga joylashtiriladigan materiallar dizayni, matni bilan ishlash, sarlavha tanlash, umuman, materiallarni tez, sifatli va o‘qishli tarzda o‘quvchiga yetkazish yuzasidan mashg‘ulot o‘tkazildi.

Sayt mutaxassislari o‘zlarining ilg‘or ish tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. Savol-javoblar doirasida mazkur yo‘nalishdagi ishlarni yaxshilash, mavjud imkoniyatlardan kengroq foydalanish yuzasidan fikr va mulohazalar bildirildi. 
Seminar hafta oxiriga qadar davom etadi.

F.Ubaydullayev, A.Shokirov,
O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
MDH davlatlari axborot agentliklari hamkorligi rivojlanmoqda