Shri-Lankada tok tarqatish qurilmasi ichiga kirib qolgan maymun butun mamlakat bo‘ylab elektr ta’minoti uzilishiga sababchi bo‘ldi, dedi ushbu mamlakat energetika vaziri Kumara Jayakodi mahalliy ommaviy axborot vositalari vakillariga.

– Jonivor tarmoq transformatoriga teginib, tizimda nomutanosiblik keltirib chiqardi, – dedi mulozim.

Keyinroq vazirlik Panaduradagi tarmoq kichik stansiyasida kuzatilgan favqulodda holat tufayli orol bo‘ylab ta’minotda uzilish yuzaga kelganini ta’kidladi. Nosozlik sabab ertalab boshlangan ta’mirlash ishlari kechgacha davom etgan.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maymun Shri-Lankani elektrsiz qoldirdi