Maykl Jeksonning jaketi 298 ming dollarga sotildi
Maykl Jeksonning koʻplab konsertlarda kiyib chiqadigan qora kurtkasi AQSHda oʻtkazilgan “Julienʼs Auctions” auksionida sotuvga qoʻyildi va 298 ming dollarga sotildi
Maykl Jeksonning koʻplab konsertlarda kiyib chiqadigan qora kurtkasi AQSHda oʻtkazilgan “Julienʼs Auctions” auksionida sotuvga qoʻyildi va 298 ming dollarga sotildi, deya xabar beradi Daily Mail.Gazetaning yozishicha, Mayklning musiqiy asarlari, kiyimlari va boshqa buyumlaridan tashkil topgan 100 ga yaqin buyumlari Amerikalik tadbirkor Milton Verret tomonidan sotuvga qoʻyilgan.
Savdodan tushgan mablagʻning bir qismi “MusicCares” musiqachilarni qoʻllab quvvatlash xayriya jamgʻarmasiga beriladi.