Mayk Barrel iştirokida yoşlar tennisi istiqboli muhokama qilindi
Toşkent şahrida tennisni rivojlantiriş böyiça xalqaro ekspert Mayk Barrel iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi. Unda mamlakatimizda bolalar va ösmirlar tennisini rivojlantiriş, yoş sportçilarni tayyorlaş hamda murabbiylar salohiyatini oşiriş masalalariga eʼtibor qaratildi.
Anjumanda Mayk Barrel xalqaro tajribasi bilan örtoqlaşib, bolalarni tennisga keng jalb etiş, ularning sportdagi rivojlaniş bosqiçlarini töğri taşkil qiliş va zamonaviy maşğulot usullarini joriy etiş yuzasidan öz fikrlarini bildirdi. Şuningdek, uşbu yönalişlarda xalqaro hamkorlikni kengaytiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xalqaro ekspert Özbekiston tennis federatsiyasi raisi Botir Rahimov va federatsiya boş kotibi Sardor Kamilov bilan ham uçraşdi. Muloqotda Osiyo tennis federatsiyasi vakili Ayya Ospanova ham iştirok etdi.
Uçraşuvda bolalar va ösmirlar tennisini rivojlantiriş, istiqbolli sportçilarni saralaş va tayyorlaş, murabbiylar malakasini oşiriş masalalari bilan bir qatorda Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabini milliy tennis markazi sifatida rivojlantiriş istiqbollari ham körib çiqildi.
Taʼkidlaş joizki, bunday hamkorlik aloqalari tennis maktablarida tayyorgarlik jarayonini takomillaştiriş, yoş iqtidorlarni erta aniqlaş va milliy tennis zaxirasini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etadi.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA