Maydonda mahalla futbolchilari
Navoiyda “Futbolimiz kelajagi” musobaqasining hududiy final bosqichi o‘tkazildi.
Navoiyda “Futbolimiz kelajagi” musobaqasining hududiy final bosqichi o‘tkazildi.“Mahalla” xayriya jamoat fondi Navoiy viloyati bo‘limi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi va boshqa tashkilotlar hamkorligida tashkil etilgan musobaqada tuman va shaharlardan saralangan 30 mahalla futbol jamoasi ishtirok etdi.
Prezidentimiz rahnamoligida yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy va ma’naviy kamoloti uchun munosib sharoit yaratish maqsadida qishloq va mahallalarda ham zamonaviy sport inshootlari barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Buning samarasida yoshlarimiz yirik xalqaro musobaqalarda muntazam g‘olib va sovrindorlar qatoridan joy olmoqda.
Musobaqada 9-10 yoshlilar o‘rtasida Karmana tumanidagi “Qahramon”, 11-12 yoshlilar o‘rtasida “Uyrot” mahalla fuqarolar yig‘inlari futbol jamoalari birinchilikni qo‘lga kiritdi. 13-14 yoshli futbolchilar bahsida Navoiy shahrining “Ishonch” mahalla fuqarolar yig‘ini jamoasi g‘olib bo‘ldi.