_

Men Firog‘iy Maxtumquli,  

Davlatmamed mulla uli.  

Turkman otlig‘ mard xalqimning,  

Sahroda sayrar bubuli.  

Joriy yilning 19 fevralida “Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri  Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori e’lon qilingani turkiy xalqlar adabiy hayotida katta voqea bo‘lganini alohida ta’kidlash kerak.  

Chunki Maxtumquli butun dunyo adabiyot ixlosmandlarining sevimli shoiriga aylangan. Qarorda alohida qayd etildiki, turkman xalqining ulug‘ farzandi Maxtumquli Firog‘iy nafaqat turkiy xalqlar, ayni paytda jahon adabiyoti va madaniyati tarixida alohida o‘rin egallagan atoqli shoir va mutafakkirdir. Hassos so‘z san’atkorining chuqur gumanizm bilan sug‘orilgan asarlari mard va matonatli, mehnatkash turkman xalqining ezgu qadriyatlari va olijanob fazilatlarini tarannum etishi, hamisha xalq bilan hamdard bo‘lishga, turli millat va elatlar o‘rtasida o‘zaro ahillik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan mazmun-mohiyati bilan barchamiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun ibrat namunasidir.  

Bu yil nufuzli xalqaro tashkilot – YUNESKO rahnamoligida Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yillik qutlug‘ yubiley sanasi dunyo miqyosida keng nishonlanayotgani ham shoir adabiy merosi jahon so‘z san’atining bebaho xazinasiga aylanib, insoniyatning ma’naviy olamini yuksaltirishga xizmat qilib kelayotganidan dalolat beradi. O‘zbekiston  dunyoda Maxtumquli asarlari eng ko‘p nashr qilinadigan va o‘qiladigan mamlakatlardan biri sifatida e’tirof etilishi, albatta bejiz emas.  

Yurtimizda mumtoz shoirning she’rlari va ular asosida yaratilgan qo‘shiqlar kirib bormagan biror-bir xonadon, uning nomini bilmaydigan biror-bir o‘zbek topilmaydi. Maxtumquli asrlar mobaynida xalqimizning o‘z shoiriga aylangan. Uning she’rlari o‘zining teran falsafiy ma’nosi, xalqona ruhi, yuksak badiiyati bilan baxshi va hofizlarimiz, shoirlarimizga ilhom bag‘ishlab, hamisha davralarda yangrab, el-yurtimiz qalbida yashab keladi.  

Haqdan bizga buyruq – farz erur bilim  

Senda ta’lim oldim, ochildi dilim,  

Kelsin deya kutar ul Karkaz eli 

Ketar bo‘ldim, xush qol, go‘zal "Sherg‘ozi".  

Ajratarman endi oqu qaroni  

Do‘st-raqib, qardoshim, Haqni, yoronni,  

O‘qidim, ko‘tardim Kitob – Qur’onni                                                    

Yaqinda Alisher Navoiy nomidagi Milliy kutubxonada yangi kitob taqdimotiga bag‘ishlab  o‘tkazilgan tadbirda ana shu haqda gap bordi. Taniqli shoira Gulchehra Shahobiddin qizi o‘qigan bir nechta she’rlardagi  o‘tli satrlar tadbirga o‘zgacha fayz kiritdi.  

Filologiya fanlari nomzodi, dotsent Zuhriddin Isomiddinov O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, taniqli shoir, jurnalist va tarjimon Yangiboy Qo‘chqorovning yangi nashr etilgan “Maxtumquli Firog‘iy” (doston-monolog) kitobiga doir fikrlari, ayrim mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi. U asarda frazeologik iboralardan unumli foydalanilgani, tashbehlar va simvollar doston-monolog badiiyligini ta’min etgani haqida so‘zladi.        

Molu davlatlarga ko‘ngil qo‘ymadi,  

Bu jahonning ishratini suymadi  

Eski sholdan ortiq po‘shish kiymadi,  

Oxirat uyi bo‘ldi qasdi otamning.  

Professor Mahmud Yo‘ldoshev alohida ta’kidlab o‘tdiki, Yangiboy Qo‘chqorovning kitobini ikki marta o‘qib chiqdim. Shundan so‘ng yoshligimni esladim. Qishlog‘imizdagi eski kutubxona yodimga keldi. Undan buyuk shoir Maxtumquli asarlarini olib, hamisha o‘qib yurganligim esimga tushdi. Muallif vatan ta’rifini yaxshi tasvirlagan. Yangiboy Qo‘chqorov tarixni, o‘zbek hamda turkman va boshqa turkiy davlatlarning boy va sermazmun  tarixini chuqur o‘rgangani sezilib turibdi. To‘plamdan o‘rin olgan ayrim xalqlarning urug‘lari haqidagi mulohazalar ham kitobning ommabopligiga, qiziqarli va o‘qishli chiqishiga olib kelgan.  

Bir kecha yotardim, tunning yarmida,  

To‘rtta otliq kelib, "Turgil!", dedilar,  

"Xabar bergaydirmiz fursat yetganda,  

Bul yerda erlar bor, ko‘rgil!" dedilar.  

Nazarim tushganda ul to‘rt mardona,  

Ko‘nglim jo‘sha keldi, boshim gardona,  

Xorazmlik taniqli ijodkor Shoira Shams  qayd etdiki, Maxtumquli-Firog‘iy (doston-monolog) to‘plami yengil o‘qiladigan kitob ekan. Unda ulug‘ turkman shoirining dardu iztiroblari hamda ichki kechinmalari yaxshi tasvirlangan. Voqealarning ta’sirchanligi asarning badiiyligiga ijobiy ta’sir etgan. Shoir yashagan davrda xalq hayoti og‘ir kechgani, turli millat va elatlar o‘rtasidagi har xil nizolar ko‘ngildagidek tasvir etilgan. Eng asosiysi, urush qoralangan. Tinchlik ulug‘langan. Dostonni o‘qir ekanmiz, ota-bobolarimizdan eshitgan turli afsonalar ko‘z o‘ngimizda gavdalanadi. Bu kitob o‘sha davr odamlari hayotini o‘rganishda ham muhim manba bo‘ladi. 

Zori boru yo‘qdir zo‘ri,  

To‘rt devor ichra bir cho‘ri.  

Ortmoqda manglayin sho‘ri,  

Onajonim O‘rozgulning.  

kabi satrlar kishini o‘yga toldirishi tabiiy.  

Taniqli shoir Zikrilla Ne’mat o‘z so‘zida kitobning tarbiyaviy ahamiyati to‘g‘risida to‘xtaldi. Ayniqsa, bolalar uchun ham qiziqarli asar bo‘lganini alohida ta’kidlab o‘tdi. Vatanni qadrlashga, ota-onani hurmat qilishga da’vat etilgan misralar sizni loqayd qoldirmaydi – dedi u.  

Elga tanilgan iste’dodli shoir Tursun Ali dostonni yanada o‘qishli, badiiy jihatdan yuksak qilish uchun e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar xususida so‘zladi. Shundan so‘ng taniqli ijodkorlar Qurbon Muhammadrizo, Habib Siddiq, qoraqalpog‘istonlik shoira Zuhra Yangiboyeva va boshqalar asar buyuk turkman shoiri Maxtumquli Firog‘iyning 300 yillik yubileyiga munosib tuhfa  bo‘lganini alohida ta’kidlab o‘tdilar.  

Shoir va adiblarning so‘zlarini tinglar ekanman ulug‘ turkman shoiri Maxtumquli Firog‘iyning quyidagi satrlari xayolimdan o‘ta  boshladi.  

         Ul nimadir, yoqasi bor, yoni yo‘q?  

         Ul nimadir, qanoti bor, qoni yo‘q?  

         Ul nimadir, odam yutar, joni yo‘q?  

         Shoir bo‘lsang, shundan bizga xabar ber!  

Turdi shoir:  

       – Ul kafandur, yoqasi bor, yoni yo‘q,  

          Kapalakdur, qanoti bor, qoni yo‘q,  

          Qaro yerdur, odam yutar, joni yo‘q,  

          Bizdan salom bo‘lsin, javob shundaydir...  

Maxtumquli:  

       – Ul nimadur, yemadilar, to‘ydilar?  

          Ul nimadur, qiyomatga qo‘ydilar?  

          Ul kim edi, tovonidan so‘ydilar?  

            – Ul diydordur, yemadilar, to‘ydilar,  

            Ul namozdur, qiyomatga qo‘ydilar,  

             Nasimiyning tovonidan so‘ydilar,  

             Bizdan salom bo‘lsin, javob shundaydir..  

Jovli Xushboqov,  

O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Maxtumquli Firog‘iy yubileyiga munosib tuhfa