Maxsus texnikalar topshirildi
Hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, ichki yo‘llarni ta’mirlash va obodonlashtirish ishlari samaradorligini oshirish maqsadida yangi maxsus texnikalar topshirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 29-dekabrdagi “Mahalliy byudjetlar va byudjet tashkilotlarining moliyaviy barqarorligini oshirish, byudjet intizomini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, tuman va shahar obodonlashtirish boshqarmalarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash belgilangan edi. Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida respublika va mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan jami 13 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilib, 7 ta asfalt yotqizadigan texnika xarid qilindi.

Natijada ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari yanada jadallashtirilib, yangi qurilayotgan yo‘llarda asfalt yotqizish sifati oshadi. Shuningdek, obodonlashtirish boshqarmalarining texnik imkoniyatlari kengaytirilib, yo‘lsozlik ishlarida mehnat unumdorligi va samaradorligi oshiriladi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri