O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillarini takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 22 fevraldagi 86-son qarori bilan tasdiqlangan Maxsus elektron tizim orqali ruxsat etish xususiyatiga ega ayrim hujjatlarni berish tartib-taomillari to‘g‘risidagi yagona nizomga quyidagilarni tasdiqlashni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritiladi:
Parvozlar xavfsizligiga xavf solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma pasporti;
Fuqaro aviatsiyasida ekspluatant sertifikati pasporti;
Fuqaro havo kemasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma pasporti;
Fuqaro havo kemasining uchishga yaroqlilik sertifikati pasporti;
Fuqaro havo kemalariga shovqinlar bo‘yicha sertifikat pasporti;
Fuqaro havo kemalarining radio jihozlari uchun sertifikat pasporti;
Fuqaro havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkiloti sertifikati pasporti;
Fuqaro aviatsiyasida uchuvchisiz uchish qurilmalaridan foydalanishga ruxsat berish to‘g‘risidagi xulosa pasporti.
Mazkur qaror bilan:
1. Vazirlar Mahkamasining “Havo kemalariga texnik xizmat ko‘rsatish tashkilotiga sertifikat berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2013 yil 31 dekabrdagi 354-son qarori;
2. Vazirlar Mahkamasining “Parvozlar xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan faoliyatni amalga oshirish uchun ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2014 yil 11 avgustdagi 226-son qarori;
3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2014 yil 11 dekabrdagi O‘RQ-381-son Qonuni)” 2015 yil 16 apreldagi 93-son qaroriga ilovaning 4-bandi;
4. Vazirlar Mahkamasining “Tadbirkorlik sub’ektlarining fuqaro aviatsiyasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillaridan o‘tishi tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2016 yil 1 martdagi 58-son qarori;
5. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari o‘g‘grisida” 2017 yil 14 martdagi PQ-2833-son qarori)” 2017 yil 20 dekabrdagi 1001-son qaroriga ilovaning 43-bandi;
6. Vazirlar Maxkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining Davlat xavfsizligi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 14 martdagi PF-5379-son Farmoni)” 2018 yil 29 maydagi 396-son qaroriga ilovaning 74-bandi;
7. Vazirlar Mahkamasining “Fuqaro havo kemalarini ro‘yxatga olish to‘g‘risida ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish haqida (O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasining Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar to‘g‘risidagi konvensiyaga (Keyptaun, 2001 yil 16 noyabr) va Harakatlanuvchi uskunalarga nisbatan xalqaro kafolatlar to‘g‘risidagi konvensiyaning aviatsiya uskunalari bo‘yicha protokoliga (Keyptaun, 2001 yil 16 noyabr) qo‘shilishi to‘g‘risida” 2017 yil 28 dekabrdagi O‘RQ*-453-son Qonuni)” 2019 yil 6 martdagi 194-son qarori;
8. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jahon banki va xalqaro moliya korporatsiyasining “Biznes yuritish” yillik hisobotida O‘zbekiston Respublikasining reytingini yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019 yil 5 fevraldagi PQ-4160-son qarori)” 2019 yil 10 avgustdagi 661-son qaroriga ilovaning 33-bandi;
9. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tijorat banklarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, faoliyati samaradorligini oshirish va kredit siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 21 dekabrdagi PQ-4071-son qarori)” 2020 yil 16 yanvardagi 30-son qaroriga 1-ilovaning 4-bandi;
10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Transport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 1 fevraldagi PF-5647-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yuk va yo‘lovchi tashish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019 yil 6 martdagi PQ-423 0-son qarori)” 2020 yil 8 maydagi 271-son qaroriga 1-ilovaning 27, 32 va 39-bandlari;
11. Vazirlar Mahkamasining “Davlat xizmatlari ko‘rsatishning infratuzilmasi takomillashtirilganligi va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida” 2021 yil 28 oktyabrdagi 661-son qaroriga ilovaning 7-bandi;
12. Vazirlar Mahkamasining “Aholi va tadbirkorlik sub’ektlarining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlari kengaytirilishi munosabati bilan O‘zbekistan Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2021 yil 27 dekabrdagi 774-son qaroriga 1-ilovaning 15 va 19-bandlari;
13. Vazirlar Mahkamasining “Faoliyatni boshlash yoki tugatish uchun vakolatli organni xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi yagona nizomni tasdiqlash haqida” 2022 yil 25 fevraldagi 88-son qaroriga 3-ilovaning 9 va 12-bandlari;
14. Vazirlar Mahkamasining 2022 yil 15 noyabrda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi fuqaro va uchuvchisiz uchadigan apparatlardan foydalanish hamda ular to‘g‘risidagi nizomga 7-ilova o‘z kuchini yo‘qotadi.
Qaorda O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ikki oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirish belgilangan.
O‘zA