Maxmadaminova Xurshida Zaynitdinovnaning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
«Davlat fuqarolik xizmatiga rahbar kadrlar tayyorlashda mentorlik tizimini boshqarishni takomillashtirish» mavzusida
Maxmadaminova Xurshida Zaynitdinovnaning 08.00.13 – «Menejment» ixtisosligi bo‘yicha «Davlat fuqarolik xizmatiga rahbar kadrlar tayyorlashda mentorlik tizimini boshqarishni takomillashtirish» mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshidagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/2025.27.12.I.01.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 23-oktabr kuni soat 15:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100066, Toshkent shahri, Islom Karimov ko‘chasi, 45-uy.
Tel/faks: (99871) 232-60-47; (99871) 239-17-83
e-mail: info@dsba.uz