Maxamadaliyeva Zuxra Baxrom qizining filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ingliz va o‘zbek tillarida son komponentli frazeologik birliklarning lingvomadaniy tadqiqi” mavzusida
Maxamadaliyeva Zuxra Baxrom qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik “Ingliz va o‘zbek tillarida son komponentli frazeologik birliklarning lingvomadaniy tadqiqi” mavzusidagi filologiya fanlari buyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.Fil.01.10. raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 25 oktyabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi 4-uy, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Tel./faks: (99871) 246-02-24
e-mail: nauka@nuu.uz