Mavsum boshlandi
Samarqand shahridagi Registon majmuasida ichki turizm yarmarkasi tashkil etildi.
“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida o‘tkazilgan tadbirda sayyohlik firmalari, turizm sohasida faoliyat yurituvchi turoperator va turagentlar, joylashtirish vositalari vakillari ichki turizm bo‘yicha imkoniyatlarini namoyish etdi.
– Yiliga 60 ming nafar mahalliy va xorijlik sayohatchilarni yurtimizning go‘zal manzara va maskanlari bilan tanishtiramiz, – deydi “BO’STON TRAVEL ” turistik kompaniyasi ish boshqaruvchisi Shahlo Umarova. – Kompaniyamiz sayyohlik, transport turizmi, mehmonxona, xorij mamlakatlariga sayohatlar tashkil etish yo‘nalishlarida faoliyat yuritmoqda. Shu bilan birga, xorijda yurtimizning sayyohlik salohiyatini namoyish qilib, Qozog‘iston, Turkiya, Saudiya Arabistonidan sayyohlarni yurtimizga jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘ydik. Bugungi yarmarkada ham yirik sayyohlik firmalari bilan yangi yo‘nalishlarni tashkil etishga kelishib oldik.
Yarmarka doirasida hunarmandchilik mahsulotlari va milliy liboslar namoyish etildi.
G‘. Hasanov, A. Isroilov (surat), O‘zA muxbirlari