Mavrulova Munisa Abduxalilovnaning falsafa fanlari doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Yangi ma’naviy makonni barpo etishda shaxs ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini shakllantirish va qondirishning o‘rni” mavzusida
Mavrulova Munisa Abduxalilovnaning 17.00.07 – Madaniyat nazariyasi va tarixi. Madaniyatshunoslik (falsafa fanlari) ixtisosligidan “Yangi ma’naviy makonni barpo etishda shaxs ma’naviy-madaniy ehtiyojlarini shakllantirish va qondirishning o‘rni” mavzusidagi falsafa fanlari doktori (DSc)ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti huzuridagi fan doktori (DSc) va falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini beruvchi DSc.03/08.05.2024.F.135/01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 16 noyabr soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100174, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani Bobur ko‘chasi, 9-uy, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti, 3-qavat, 307-xona.
Tel.: (998) 55-503-41-90; faks: (998) 55-503-41-90.