Mavlono Rumiyning risolasi yangi talqinda chop etildi
“Yangi asr avlodi” nashriyotida Mavlono Rumiyning turli majlislarda bildirgan mazmundor va oʻtkir fikrlari jamlangan “Ichingdagi ichingdadur” nomli risolasi kitob holida chop etildi.
“Yangi asr avlodi” nashriyotida Mavlono Rumiyning turli majlislarda bildirgan mazmundor va oʻtkir fikrlari jamlangan “Ichingdagi ichingdadur” nomli risolasi kitob holida chop etildi.
Jahon adabiyotining mumtoz siymolaridan biri Mavlono Rumiy oʻzidan keyingi avlodlarga besh muhim va qimmatbaho asar qoldirgan. Ular orasida “Fiyhi ma fiyhi“ yaʼni “Ichindagi ichindadur” – Mavlononing suhbatlaridan iborat falsafiy kitobi alohida ajralib turadi.
Toʻplamni taniqli adabiyotshunos va yozuvchi Ulugʻbek Hamdam oʻzbek tiliga mahorat bilan oʻgirgan.
Kitobda inson va olam, ong va borliq, inkor va isbot, xayol va amal singari falsafiy tushunchalarning asl mohiyati ochib berilgan.