Mauro Ikardi Italiya A Seriyasiga qaytishi mumkin
Rim klubi hujumchilar Andrea Pinamonti va Mauro Ikardini transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritgan.
«Latsio» yangi mavsum oldidan hujum chizig‘ini kuchaytirish uchun variantlarni izlashda davom etmoqda. Jurnalist Janluka Di Marsioning ma’lumotiga ko‘ra, Rim klubi hujumchilar Andrea Pinamonti va Mauro Ikardini transfer maqsadlari ro‘yxatiga kiritgan.
Pinamonti ayni paytda «Sassuolo» safida to‘p tepmoqda. 26 yoshli hujumchi o‘tgan mavsum A Seriyada 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol va 3 ta assist qayd etgan.
33 yoshli Ikardi esa hozirda erkin agent maqomida. Argentinalik futbolchiga bir nechta klublardan takliflar bor, shu sababli «Latsio» uning uchun kurashda raqobatga duch keladi.
Ikardi o‘tgan mavsum Turkiya chempionatida 31 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol va 1 ta assist qayd etgan.