Matonatli taekvondochilarimiz Vetnamda zafar quchdi
Vetnamning Xoshimin shahrida para taekvondo bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida O‘zbekiston sportchilari 6 ta medalga ega chiqdi.
Mamlakatimizning matonatli taekvondochilari 2 ta oltin, 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Milliy Paralimpiya qo‘mitasining ma’lum qilishicha, musobaqalar yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasi qit’a chempionatining eng yaxshi jamoasi, bosh murabbiyimiz Bobur Qo‘ziyev esa musobaqaning eng yaxshi murabbiyi sifatida e’tirof etildi.
Murosasiz bahslarda para taekvondochilarimizdan Qudrat Haydarov va Guljanoy Naimova oltin, Ziyoda Isoqova kumush hamda Qudrat Suyunov, Asil Husanov, Asad Anvarov o‘z vaznlarida bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
T.Ro‘ziyev, O‘zA